07 okt 07:55
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekistonlik ikki bokschi SHon-shuhrat zaliga kiritilishi mumkin
O'n sakkiz karra jahon chempioni Artur Grigoryan hamda yana bir hamyurtimiz Orzubek Nazarov shu yil boks SHon-shuhrat zaliga kiritilish uchun nomzodlar ro'yxatiga qo'shildi.
Artur Grigoryan professional faoliyatini 1994 yilda boshlagan va 2009 yilgacha jang qilgan. U faoliyati davomida 39 ta jang o'tkazib, 38 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Grigoryan engil vazn toifasida WBO yo'nalishi bo'yicha Jahon chempioni bo'lgan va sakkiz yil davomida o'z unvonini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Artur havaskor boks bo'yicha 1991 yilda Sidneyda (Avstraliya) bo'lib o'tgan Jahon chempionatida kumush medalga ega chiqqan edi.
Orzubek Nazarov esa 1990 yildan 1998 yilgacha professional ringda jang o'tkazgan. U engil vaznda WBA yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni bo'lgan va kamarni besh yil davomida (1993-1998) o'zida ushlab turgan.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar