03 mar 15:13
Yangiliklar

O'zbekistonlik MMA jangchisi Octagon League chempionlik kamari uchun jang qiladi
Musobaqaning ikkinchi asosiy jangi, yani co main event'da o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Sardor Xudoyberdiev chiqish qiladi.
32 yoshli hamyurtimizga Qirg'iziston vakili Argen Abdikadir Uulu raqib bo'ladi. Ahamitlisi, bellashuv yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.
Boisi, qirg'izistonlik amaldagi chempion Murtazali Magomedov o'z kamarini vakant qoldirib, engil vazn toifasiga o'tdi. Xudoyberdiev — Abdikadir Uulu bahsiga qozog'istonlik Kojaxmet Imangali zaxira jangchisi sifatida tanlab olingan.
Malumot uchun, Sardor Xudoyberdiev faoliyati davomida 11 ta jang o'tkazib, 8 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. U oxirgi jangini 2024 yil dekabr oyida Saidibragim Kalisbekka qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga g'alaba qozongan holda bonusga ega chiqqandi.
Argen Abdikadir Uulu hisobida esa 9 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat mavjud.
Fikrlar