03 mar 17:26
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik MMA jangchisining murabbiyi 49 yoshida faoliyatini qayta tikladi
ACA ligasi tarixidagi eng keksa sobiq chempion, 49 yoshli Marat Balaev faoliyatini qayta tiklaganini malum qildi.
O'zbekistonlik Anvar Abdullaevning murabbiyi bo'lmish Balaev 10 may kuni Sankt-Peterburgda tashkil etiladigan ACA musobaqasi doirasida jang o'tkazishini elon qildi.
Marat o'sha kuni braziliyalik tajribali 40 yoshli Xakran Diasga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, Balaev o'zining so'nggi jangini 2021 yilning iyul oyida Joau Luis Nogeyraga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'lgan holda faoliyatini yakunlagan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar