26 jan 15:57
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik MMAchi Xabibning AQSHdagi turnirida jang qiladi
Bizning vaqt bilan 30 yanvar tongida AQSHning Mayami shahrida "Eagle FC 44" turniri bo'lib o'tadi.
Xabib Nurmagomedovga tegishli promoushenning AQSHda ilk marotaba tashkil etiladigan turnirida o'zbekistonlik MMAchi Firdavs Hasanov ham ishtirok etadi.
O'sha kuni hamyurtimiz amerikalik SHaun Banchga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Malumot uchun, Firdavs MMAda 8ta jang o'tkazib, 6 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan.
So'nggi jangini 2021 yilning 28 mayida qirg'izistonlik raqibga qarshi o'tkazib, imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar