14 apr 19:29
Yangiliklar

O'zbekistonlik MMAchilar AQSHda oktagonga chiqishadi
Karate, ushu, boks va jangovor sambo bo'yicha O'zbekiston va qator xalqaro musobaqalar g'olibi Mirafzal Axtamov mashg'ulotlarga jiddiy kirishdi. Iqtidorli sportchimiz Birlashgan Arab Amirliklarining "Teamnogueira fighter" promouterlik klubi mashg'ulotlarida ishtirok etdi. Ayni paytda u ushbu kompaniya bilan shartnoma tuzgan. Agar AQSHdagi janglarda muvaffaqiyatli ishtirok eta olsa, mazkur kelishuv yana uzaytiriladi.
Mirafzal Axtamov joriy yilning iyul oyida AQSHda o'tkaziladigan butundunyo yakkakurash sport turlari bo'yicha “Iska world martial arts championships” xalqaro musobaqasida MMA qoidasi asosida o'tkaziladigan jangda ishtirok etadi. Ushbu musobaqada Mirafzaldan tashqari shuningdek Suxrob Rahimbekov va Mironshox Asatullaev kabi sportchilar ham qatnashishlari ko'zda tutilgan.
Fikrlar