19 apr 09:39
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/37185_220.jpg)
O'zbekistonlik murabbiyning shogirdi chempionlik kamarini Alvaresdan himoya qiladi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Sergey Kovalyov navbatdagi jangini kolumbiyalik 34 yoshli Eleyder Alvaresga qarshi o'tkazadi.
Har ikki bokschi ham jang shartnomasiga o'z imzolarini qo'yishdi. CHempionlik jangini HBO telekanali translyaciya qiladi. Hozircha jang muddati va manziliga oydinlik kiritilmagan.
Kanadada istiqomat qilib kelayotgan Eleyder Alvares professional ringda mag'lubiyatsiz odimlayapti. U 23ta jangning barchasi g'alabaga erishgan. O'n bitta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Malumot uchun, Sergey Kovalyovga hamyurtimiz Abror Tursunpo'latov murabbiylik qilyapti. Tursunpo'latov Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarovning murabbiyi hisoblanadi.
Havola :
Fikrlar