24 okt 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekistonlik mutaxassis Ozarbayjon boks terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Kecha boks bo'yicha Ozarbayjon erkaklar terma jamoasining yangi bosh murabbiyi elon qilindi.
Mamlakatning asosiy boks jamoasi bosh murabbiyligi hamyurtimiz Ravshan Xodjaevga ishonib topshirildi. U o'tgan yildan to shu kungacha Ozarbayjon boks federaciyasida texnik direktor lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Malumot uchun, 44 yoshli mutaxassis SHahram G'iyosovning murabbiyi hisoblanadi. Xalqaro toifadagi sport ustasi murabbiylik faoliyatini 1998 yilda boshlagan edi. Xodjaev Ozarbayjon terma jamoasi bosh murabbiyligi postida kubalik mutaxassis Pedro Rokeni o'rnini egalladi. Rokening Ozarbayjon boks federaciyasi bilan shartnomasi yakuniga etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar