23 fev 19:54
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik pop-MMA jangchisi "Saturn" Octagon 70 turnirida jang qildi
Qozog'istonning Olma-Ota shahrida MMA bo'yicha Octagon 70 turniri bo'lib o'tmoqda.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik Og'abek "Saturn" Abdumo'minov chiqish qildi.
Unga 17 yoshli turkmanistonlik SHirgeldi Miradov raqiblik qildi.
3 raundlik jang to'liq davom etdi va unda "Saturn" hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchdi. Bu Og'abekning faoliyati davomidagi ilk jangi edi.
Oldinroq, yana bir o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi — Javohir Narzullaev qozog'istonlik Jasulan Meirmanov bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar