06 noy 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik professional bokschilar soni yana bittaga ko'paydi
Xorazmlik yosh bokschi Abdurasul Ismoilov Janubiy Koreyaning Cocky Buffalo promouterlik klubi bilan shartnoma imzoladi.
Engil vaznli charm qo'lqop ustasi koreyaliklar bilan etti yillik shartnomaga imzo chekdi. Kelishuvga ko'ra, hamyurtimiz bir yilda beshta jangda ringga ko'tariladi.
Murabbiy Boburmirza Najmiddinov bilan birga ishlab kelayotgan Abdurasul bungacha professional boksda 2 ta jang o'tkazib, ularning har ikkisida ham g'alaba qozongan. Ismoilov avvalroq professional boks bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgandi.
Olamsport.com sayti yosh bokschimizga yangi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar