23 sen 09:33
Yangiliklar
O'zbekistonlik sportchilarning Osiyo o'yinlaridagi ishtirokidan ONLAYN
Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilar qayd etayotgan natijalar bilan onlayn ravishda tanishib borishingiz mumkin.
O'q otuvchimiz Nigina Saidqulova 10 m masofaga pnevmatik to'pponchadan o'q otish bahslarida 570 ochko jamg'arib, 20-natijani qayd etdi. Bu unga final chiptasini qo'lga kiritishi uchun kamlik qildi. SHuningdek, sket dasturida chiqish qilgan Ruslan Utaganov, Bekzod Abdurahimov hamda Behruz SHarapov ham saralashdan o'ta olishmadi.
Akademik eshkak eshuvchilarimiz ishtirokidagi barcha saralash bahslari biz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. SHahboz Xolmurzaev yakkalik yo'nalishida A finaliga yo'l oldi. Mehrojbek Mamatqulov va Pavel Sorin juftligi birinchi saralash guruhida 6:14.71 soniya natija bilan birinchi bo'ldi va A finali masalasini hal qildi. Xuddi shunday tarzda Maksim Golubev va Alisher Turdiev juftlik yo'nalishida medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo'ldi. Bundan tashqari, ayollar to'rtligi dasturida ham A finali yo'llanmasiga ega chiqildi.
10:01. Erkaklar o'rtasida veloshosse bo'yicha guruh poygalari nihoyasiga etdi. Biz uchun medalsiz. Marra chizig'ini Nikita Cvetkov 12, Murodjon Xolmurodov 18, Diyor Toxirov esa 20-bo'lib kesib o'tdi.
9:57. Qilichbozlarimiz musobaqani g'alabalar bilan boshlashdi. Sablya yo'nalishidagi bahslarda Musa Aymuratov yaponiyalik SHido Sumorini 15:5, Islombek Abdazov esa quvaytlik Amar Alammarini 15:9 hisobida mag'lub etdi. Har ikki sportchimiz nimchorak final bosqichida.
9:38. Alimardonova bronza medali uchun kechgan bahsda Malayziya vakilasi SHahmalarani CHandranga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
9:35. Asel Erkebaeva mo'g'ulistonlik raqibasini 4:1 hisobida mag'lub etdi.
9:30. Stol tennisi. Arujan Kamalova nepallik raqibasini 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, ikkinchi bosqichga yo'l oldi.
9:25. Suzish. 100 metrga chalqancha suzish bahslarida Parizod Abdukarimova 1:05.34 natija ko'rsatdi. 18-o'rin sportchimizga finalga chiqishga etarli bo'lmadi.
9:22. Stol tennisi. Miks bahslarida Xitoyga 0:3 hisobida yutqazdik.
9:20. Karatechimiz Gulshan Alimardonova dastlabki bosqichda tailandlik Sirikamonmateni, chorak finalda esa Saudiya Arabistoni vakili Joud Myajanni taslim etdi, afsuski, yarim final bosqichida hamyurtimiz malayziyalik raqibasi oldida ojiz qoldi. Endi u bronza medali uchun kurash olib boradi.
23 sentyabr kuni musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati bilan tanishing:
(Toshkent vaqti bilan)
Velosport, shosse, final - 5:00 - Murodjon Xolmurodov
Velosport, shosse, final - 5:00 - Diyor Toxirov
Velosport, shosse, final - 5:00 - Nikita Cvetkov
Akademik eshkak eshish, erkaklar - 5:00 - SHahboz Xolmurzaev
Akademik eshkak eshish, erkaklar juftligi - 5:20 - Mehrojbek Mamatqulov/Pavel Sorin
O'q otish, ayollar, 10 m to'pponchadan - 5:45 - Nigina Saidqulova
O'q otish, erkaklar, sket - 6:00 - Ruslan Utaganov
O'q otish, erkaklar, sket - 6:00 - Bekzod Abdurahimov
O'q otish, erkaklar, sket - 6:00 - Behruz SHarapov
O'q otish, erkaklar jamaoviy, sket - 6:00 - Bekzod Abdurahimov, Behruz SHarapov, Ruslan Utaganov
Qilichbozlik (rapira), ayollar - 6:00 dan so'ng - Polina Voloboueva
Qilichbozlik (sablya), erkaklar - 6:00 dan so'ng - Musa Aymuratov
Qilichbozlik (sablya), erkaklar - 6:00 dan so'ng - Islombek Abdazov
Akademik eshkak eshish, erkaklar juftligi - 6:10 - Maksim Golubev/Alisher Turdiev
Suzish, 100 m chalqancha usulda - 6:25 - Parizod Abdukarimova
Stol tennisi, aralash jamoaviy dastur - 6:40 - O'zbekiston - Xitoy
Akademik eshkak eshish, ayollar to'rtligi - 6:50 - Rayhon Sattorova/Mariya Sergeeva/Anna Aksenova/Aydana Smetullaeva
Karate, ayollar - 8:05 - Gulshan Alimardonova - Sirikammonatte CHokprasertgul (Tailand)
Stol tennisi, ayollar - 8:05 - Arujan Kamalova - Evana Tapa (Nepal)
Stol tennisi, ayollar - 8:50 - Asel Erkebaeva - Burenjargal Sanjaa (Mo'g'uliston)
3x3 basketbol, ayollar - 10:05 - Yaponiya - O'zbekiston
Akademik eshkak eshish, ayollar - 10:10 - Anna Prakaten
Suv polosi, ayollar - 10:30 - O'zbekiston - Tailand
Akademik eshkak eshish, erkaklar - 10:30 - Firdavs Oxunov
Akademik eshkak eshish, erkaklar juftligi - 11:00 - SHahzod Nurmatov/Sobirjon Safaroliev
Akademik eshkak eshish, ayollar juftligi - 11:20 - Anna Aksenova/Aydana Smetullaeva
Gandbol, ayollar - 11:30 - O'zbekiston - Koreya Respublikasi
Skvosh, erkaklar - 11:30 - Muhammadmustafo Abdurahmonov - Sanjey Jiva (Malayziya)
Akademik eshkak eshish, erkaklar to'rtligi - 11:40 - SHahboz Xolmurzaev/Davrjon Davronov/Mehrojbek Mamatqulov/Pavel Sorin
Akademik eshkak eshish, erkaklar to'rtligi - 12:00 - Fazliddin Karimov/Dilshodjon Xudoyberdiev/Maksim Golubev/Alisher Turdiev
Skvosh, ayollar - 12:15 - Anna Yugay - Inn Vay Yong (Singapur)
Skvosh, ayollar - 12:15 - Mannona Mamajonova - Ryo Boyam (Koreya Respublikasi)
CHim ustida xokkey, ayollar, 13:00 - O'zbekiston - Yaponiya
Skvosh, erkaklar - 13:00 - Yahyoxon Nazirov - Lau C Kvan (Gongkong)
Og'ir atletika, ayollar (53 kg) - 13:00 - Nigora Abdullaeva.
Fikrlar