22 sen 10:53
Yangiliklar
Tennis
Seul WTA 250: Ilk davradayoq o'zbek derbisi guvohi bo'ldik
Koreya Respublikasi poytaxti Seulda tennis bo'yicha ayollar o'rtasida WTA 250 toifasidagi Korea Open turniri bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada O'zbekiston vakilalari Kamilla Rahimova hamda Polina Kudermetova ham ishtirok etishi belgilangandi.
Afsuski, qura ikki tennischimizni birinchi davradayoq to'qnash keltirdi. Uch set davom etgan murosasiz bellashuvda Kamilla 2:1 (7/6(4), 4/6, 7/5) hisobida zafar quchdi.
Rahimovaning nimchorak final bosqichidagi raqibasi endi 24 yashar amerikalik Keti Volneyc bo'ladi.
Taqqoslash uchun, 25 yoshli hamyurtimiz ayni damda dunyo reytingida 76, Volneyc esa 77-o'rinda bormoqda. O'yin ertaga tonggi 6:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar