22 sen 14:53
Yangiliklar
Futbol
Britaniya sudi Salohni haydovchilik guvohnomasidan mahrum qildi
Uorrington (Buyuk Britaniya) sudi "Trabzonspor" va Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salohni 6 oy muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etdi.
Bu haqda BBC xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 34 yoshli futbolchiga tegishli “Rolls-Roys” avtomobili 27 mart kuni CHeshir grafligining Uilmslou shahrida tezlikni oshirgan. Tezlik meyorining buzilishi sud ishi qo'zg'atilishiga sabab bo'lgan.
Haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilishdan tashqari, Saloh 1044 funt miqdorida jarimaga ham tortildi.
Misrlik futbolchi 2017 yildan 2026 yilgacha "Liverpul" safida to'p tepgan. U yozda shartnomasi yakunlangach, erkin agent maqomida klubni tark etdi va shundan so'ng "Trabzonspor"ga o'tdi.
Transfermarkt futbolchining qiymatini 22 million evroga baholamoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar