22 okt 11:26
Yangiliklar
Triatlon

O'zbekistonlik triatlonchi ilk marta kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatida qatnashdi
Bu haqda mamlakat triatlon federaciyasi xabar bermoqda.
"15-19 oktyabr kunlari Avstraliyaning Vollongong shahrida mavsumning asosiy voqeasi – Jahon chempionatining hal qiluvchi bosqichi bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbir sayyoramizning eng yaxshi sportchilarini birlashtirdi va O'zbekiston uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi – birinchi marta o'zbekistonlik sportchi Elita toifasi finalida ishtirok etdi. Jeremi Kuindos elita toifasida O'zbekiston sharafini himoya qildi", deyiladi tashkilot xabarida.
Takidlash joiz, Franciyadan mahalliylashtirilgan Kuindos 50 nafar sportchi ishtirok etgan JCHda 01:50:28 vaqtda marraga etib kelib, 47-natijani qayd etdi.
Havola :
Manba : t.me/triathlon.uz
Fikrlar