08 fev 10:14
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov Magomed Ankalaev - Aleks Pereyra to'qnashuviga taxmin bildirdi
Yarim og'ir vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov vazn chempioni, braziliyalik Aleks Pereyra va Rossiya vakili Magomed Ankalaev o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Magomed bu jangda qanday uslub tanlashi mumkin edi degan savol tug'iladi. Agar Ankalaev Aleksni kurashga tortsa, Pereyra katta muammoga duch keladi. Agar ular "stoyka"da jang qilsa, jangda raqobat yuzaga keladi. Magomed yaxshi zarba texnikasiga ega. U nokaut bilan g'alaba qozonishga qodir.
Top darajadagi ko'p jangchilar Pereyra bilan uchrashdi. Aleks Glory ligasida barchaning boshini "uzgan" edi. U o'zini yaxshi zarba beruvchi sifatida namoyon qildi. Misol uchun, Israel Adesanya bilan jangda. Men Pereyraning texnikasi haqida biror narsa deya olmayman. U janglar orqali natija ko'rsatadi", - dedi Bogdan.
Eslatib o'tamiz, Guskov 11 fevral kuni tongda amerikalik Zau Pauga bilan jang qiladi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar