20 fev 12:41
Yangiliklar
Velosport
O'zbekistonlik velosportchi Osiyo chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi
16-20 fevral kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida erkaklar, ayollar va yoshlar o'rtasida velosport bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.
Ushbu qita birinchiligida O'zbekiston terma jamoasi sportchilari ham ishtirok etdilar. Musobaqada velosport-trek yo'nalishi bo'yicha bahslarda qatnashgan hamyurtimiz Murodjon Xolmurodov bronza medali sohibiga aylandi. Hamyurtimiz bahslarda jahon kubogi g'olibi Nikita Panassenko (Qozog'iston) va Osiyo chempioni SHunsuke Imamura (Yaponiya) larni ortda qoldirgani etiborga molik.
Musobaqada birinchi o'rinni Birlashgan Arab Amirliklari vakili Mirza al Hammadi qo'lga kiritgan bo'lsa, ikkinchi o'rin gonkonglik CHong King Lukka nasib qildi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar