18 iyu 16:16
Yangiliklar
Velosport
O'zbekistonlik velosportchilar SHveycariyada tajriba oshirishadi
Bugun, 18 iyun kuni velosport bo'yicha O'zbekistn terma jamoasi azolari Aleksey Fomovskiy va Akmaljon O'ktamovlar o'quv-mashg'ulot yig'inlarida qatnashish uchun SHveycariyaga yo'l olishdi.
O'zbekiston velosiped sporti Federaciyasi va UCI (Butunjahon velosipedchilar ittifoqi)ning SHveycariyadagi Butunjaxon velosportni rivojlanish markazi bilan o'rnatgan hamkorligi doirasida iqtidorli sportchilarimizning mazkur o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil qilindi.
18 iyun kuni boshlanadigan mashg'ulotlar 20 avgustga qadar davom etadi. Sportchilarmizning o'qishi, velosipedlar va tegishli anjomlar bilan taminlash, yashash, ovqatlanish va boshqa harajatlar UCIning Butunjaxon velosportni rivojlanish markazi tomonidan qoplanishi ko'zda tutilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar