So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

11 sen 11:11
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekistonning eng sovrindor sportchisi Rishod Sobirovni tabriklaymiz!

Bugun O'zbekiston dzyudosi va sporti tarixidan joy olishga muvaffaq bo'lgan, Olimpiya o'yinlarining uch karra bronza medali sovrindori, ikki karra jahon chempioni, Osiyo chempioni, "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi", "O'zbekiston iftixori" faxriy unvoni sohibi, "El-yurt hurmati" ordeni egasi Rishod Sobirov o'z tavallud ayyomini nishonlayapti.

Rishod Rashidovich Sobirov 1986 yilning 11 sentyabrida Buxoro viloyatining Jondor tumani, Burbog'i qishlog'ida tug'ilgan. Dzyudo bilan 11 yoshida Rustam To'raev qo'l ostida shug'ullanishni boshlagan. Xalqaro musobaqalarga murabbiylar Furqat Soliev va Boris Grigorev qo'l ostida tayyorgarlik ko'rgan hamda ishtirok etgan.

Rishod ilk xalqaro miqyosdagi sovrinini 2006 yilda qo'lga kiritgan. O'shanda qahramonimiz Xitoy Taypeyida bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida birinchi o'rinni egallagan. Oradan bir yil o'tib esa u kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatida finalgacha etib borgan va kumush medal sohibiga aylangan.

2008 yilda O'zbekiston chempioni bo'lganidan keyin mamlakat terma jamoasi tarkibidan joy oladi va Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Pekinda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida 60 kg gacha bo'lgan vazn toifasida u bronza medali sohibiga aylangan.

2010 yilda Rishod Sobirov Tokioda bo'lib o'tgan jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritadi. Oradan bir yil o'tib, Parijdagi jahon chempionatida bu muvaffaqiyatini yana takrorlaydi.

2012 yil Londonda bo'lib o'tgan Olimpiadada dzyudochimiz yarim finalgacha etib borgan. Biroq yakunda yana bronza medali bilan kifoyalanishga majbur bo'lgan.

2016 yili Braziliyada bo'lib o'tgan Rio Olimpiadasida u yana bronza medaliga ega chiqadi va uchta Olimpiya o'yinlarida medal qo'lga kiritgan kam sonli dzyudochilardan biriga aylanib oladi.

Professional sportdagi faoliyatini yakunlaganidan so'ng Rishod Sobirov Toshkentda o'zining dzyudo maktabini ochdi. "Dinamo" sport majmuasida faoliyati davom etayotgan dzyudo maktabida yangi Rishod Sobirovlar kamol topmoqda. 

Fursatdan foydalanib, Rishod Sobirovni bugungi unutilmas kun munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.  

Sovrinlari:

Olimpiada: 3 ta bronza

Jahon chempionati: 2 ta oltin, 1 ta bronza

Jahon kubogi/Gran-Pri/Ulkan toj: 10 ta oltin, 4 ta kumush, 1 ta bronza

Osiyo chempionati: 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza

Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati: 1 ta oltin

Harbiy xizmatchi


Mukofotlari:

Xalqaro toifadagi sport ustasi (2003)

"O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi" faxriy unvoni (2008)

"O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil" esdalik nishoni sohibi (2011)

"O'zbekiston iftixori" fahriy unvoni sohibi (2012)

"El-yurt hurmati" ordeni sohibi (2016)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing