So’nggi yangiliklar

14:04"Атлетико" Альваресни "Арсенал"га қанчага сотишга тайёрлиги маълум 0 13:39Таэквондочиларимиз "Taiyuan 2026 World Taekwondo Women’с Open Championships" Очиқ чемпионатида қатнашади 0 13:12Яхши хабар! Достон Бозоров Али Абдел-Азиз билан келишувга эришди 0 12:39Шара Буллетнинг Москва турниридаги янги рақиби маълум бўлди + ПОСТЕР 0 12:13"Шокдан ҳам баттар". УЕФА раҳбари Чеферин ЖЧда Балогун билан боғлиқ жанжалга муносабат билдирди 0 11:47Ислам Махачев: "Олдинда учта томошабоп ва оғир жанг кутиб турибди" 0 11:19Полина Кудерметованинг US Open 2026 саралашидаги учрашуви 68 дақиқа давом этди 0 10:49Мирафзал Ахтамов ва яна икки вакилимиз Дубайдаги ММА турнирида иштирок этади + ПОСТЕР 0 10:11Суперлига. Бугун учта қизиқарли учрашув бор 0 09:38Махачев: "Гэрри менга жиддий жанг таклиф қилди, деб бўлмайди" 0 08:35Жаҳонгир Воҳидов — Абу Даби халқаро шахмат фестивали ғолиби! 0 18:44Конор Макгрегор: "Холлоуэй UFC тарихидаги энг калтакланган шахс" 0 18:18“Манчестер Сити” рекорд хариди бўлган Эллиот Андерсон дебют ўйинида жароҳат олди 0 17:50Карлос Пратес UFC 334 турнирида Махачев билан жанг қилмоқчи эканлигига ишора қилди 0 17:18Пэдди Пимблетт: "Яхшиям Махачев энди менинг дивизионимда йўқ" 0

12 sen 17:55
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

O'zbekistonning Osiyo o'yinlaridagi ishtiroki oldidan matbuot anjumani tashkil etildi (+FOTOGALEREYA)

O'zbekiston delegaciyasi joriy yilning 23 sentyabr – 8 oktyabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida bo'lib o'tadigan XIX yozgi Osiyo o'yinlariga katta tayyorgarlik ko'rdi.

Bugun poytaxtimizda mazkur Osiyo o'yinlari oldidan katta matbuot anjumani tashkil etildi. 

Unda O'zbekiston Yoshlar siyosati sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi va sport federaciyalari vakillari, shuningdek OAV xodimlari ishtirok etishdi. 


Xanchjou-2022 mustaqil O'zbekiston uchun sakkizinchi yozgi Osiyo o'yinlari bo'ladi. Xitoyda delegaciyamiz o'z tarixidagi eng katta tarkib – 30 dan ortiq sport turida 350 nafardan ziyod atlet bilan ishtirok etadi. Bo'lajak Osiyo o'yinlari oldidan har bir terma jamoaning tayyorgarligi davlatimiz tomonidan to'liq, to'la-to'kis qo'llab-quvvatlandi, mahalliy va xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etildi, kerakli tibbiyot vositalari etkazildi. Bu esa Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan sportga qaratilayotgan ulkan etiborning yana bir namunasi deyish mumkin. Hamyurtlarimiz bu galgi “qita Olimpiadasi”da basketbol 3x3, qoyani zabt etish, zamonaviy beshkurash, chim ustida xokkey, suv polosi, sport raqsi, e-sport va shaxmat dasturlarida debyut qilishadi.  


Bugun o'tkazilgan matbuot anjumanida shu va boshqa masalalar yuzasidan javob qaytarildi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 5 maydagi “2023 yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) bo'lib o'tadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida”gi PQ-234-sonli qarori biz uchun “Qita Olimpiadasi”ga tayyorgarlik ko'rishimizda dasturulamal bo'lib xizmat qildi.  



Har bir terma jamoa mazkur O'yinlarga butunlay yangicha tizim asosida hozirlik ko'rdi. Sport sohasidagi ilg'or xorijiy davlatlar bilan o'zaro  tajriba almashish maqsadida, 21 ta sport turi bo'yicha 16 ta davlatdan 38 nafar malakali trener-mutaxassislar yurtimizga taklif etildi va ushbu murabbiylar terma jamoalarimizni Osiyo va Olimpiya o'yinlariga tayyorlash jarayonida bevosita ishtirok etishdi. 



O'zbekiston delegaciyasining Osiyo o'yinlari tarixida umumjamoa hisobidagi eng yaxshi ishtiroki 1994 yil Xirosima, 2002 yil Koreya Respublikasi va 2018 yil Indoneziyada o'tgan o'yinlarga to'g'ri kelib, ularda mamlakatimiz beshinchi o'rini qo'lga kiritgan. Medallar jamg'arish bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichimiz esa 5 yil avval Indoneziyada o'tgan XVIII Osiyo o'yinlariga to'g'ri keladi. Unda delegaciyamiz 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza, jami 70 ta medal jamg'argan. 

Bu galgi “qita Olimpiadasi” bir qator sport turlarida Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga yo'llanmalar o'ynalishi bilan yanada ahamiyatli. Musobaqa davomida boks, zamonaviy beshkurash, kamondan otish, breykdens, chim ustida xokkey, tennis, suv polosi, elkanli sport, sinxron suzish dasturlarida atletlar medallar qatori Olimpiada licenziyalari uchun ham kurash olib borishadi. 

Musobaqaning 1 yilga kechiktirilishi sabab bazi dasturlardagi bahslar Parij-2024 Olimpiadasi uchun kvalifikaciya vazifasini o'tab bermoqda. SHu bois, unga bo'lgan qiziqish yanada ortdi. Demak, bu galgi Osiyo o'yinlari har qachongidan ham qiziqarli va shiddatli ruhda o'tishiga hech qanday shubha yo'q.  


Mavzuga aloqador: 

Vazir Adham Ikramov: "Licenziya qo'lga kiritish ham muhim hisoblanadi"


O'zbekiston Osiyo o'yinlarida nechta sport turida qatnashishi malum qilindi


Foto: Alimurod Mamadaminov

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing