07 iyu 16:00
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbeklarni yutishda tinim bilmayotgan Kamal Guseynov Mangu 5 turnirida yana bir taniqli MMAchimiz bilan jang qiladi
Kecha Samarqand shahrida MMA bo'yicha Mangu 3 turniri o'tkazilgandi.
Turnir doirasida rossiyalik 24 yoshli Kamal Guseynov hamyurtimiz Davlatbek Hojievga qarshi oktagonga chiqib, ikkinchi raundda nokaut orqali g'alaba qozondi. Bu Guseynovning o'zbekistonlik MMAchilarga qarshi uchinchi jangidagi uchinchi g'alabasiga aylandi.
"Xalk" taxallusli Kamal avvalroq, Jahongir Jumaevni ochkolar hisobiga ko'ra, Mavlonbek Mirkomilovni esa nokaut evaziga taslim qilgandi.
Mangu 3 turniri davomida Liga rahbari Jasur Alijonov Mangu 5 turnirida Kamal Guseynov hamda o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Mirafzal Ahtamov o'rtasida jang tashkil etilishini malum qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar