So’nggi yangiliklar

14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0 07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0

09 may 07:23
Yangiliklar

Engil atletika

O'zbekneftegaz raisi engil atletika federaciyasiga rais etib tayinlandi

Milliy Olimpiya qo'mitasida O'zbekiston engil atletika federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda terma jamoaning Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga olib borayotgan tayyorgarligi ko'rib chiqilib, federaciya boshqaruviga yangi rais saylandi.

Tadbirda Sport vazirining o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, mamlakat engil atletika federaciyasi mutasaddilari va Ijroiya qo'mita azolari ishtirok etishdi.

Dastavval, federaciya Bosh kotibi Kamoliddin Ro'zimuhammedov O'zbekiston terma jamoasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga olib borayotgan tayyorgarligi yuzasidan hisobot berdi. SHundan so'ng kun tartibidagi asosiy masalalar ko'rib chiqildi.

Unda federaciya raisi lavozimida ishlab kelgan Mehriddin Abdullaevning o'z xohishiga ko'ra lavozimini tark etishi haqida yozgan arizasi ishtirokchilar tomonidan qanoatlantirildi. SHundan so'ng Ijroiya qo'mita tavsiyasiga binoan federaciya rahbarligiga “O'zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Sidiqov Bahodir Bahromovich nomzodi ilgari surildi.

Oybek Omilovich nomzod haqida o'z fikrlarini bildirar ekan, uning sportsevar inson sifatida yaxshi nom qozongani, ommaviy sport va sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash masalasida jonbozlik ko'rsatib kelayotgani va kelgusida yurtimizda engil atletika rivojini yangi bosqichga ko'tara olishiga shubha qilmasligini bildirdi. Delegatlar nomzodni bir ovozdan maqullashdi va Bahodir Sidiqov O'zbekiston engil atletika federaciyasining yangi raisi etib saylandi.

So'z olgan B.Sidiqov masuliyatli vazifani bajarishga kirishar ekan, bildirilgan ishonchni oqlashga, yaqinlashib kelayotgan Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida terma jamoamiz atletlarining munosib tayyorgarlik ko'rishi va ishtirok etishi uchun bor kuch-g'ayratini ishga solishga vada berdi. O'z navbatida, SHahrullo Mahmudov hamda Bahodir Maxsitov Bahodir Bahromovichni yangi faoliyatida ham omad tilab, hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

SHuning bilan, O'zbekiston engil atletika federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing