So’nggi yangiliklar

14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0 12:29FourFourTwo ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди 0 12:08Сувга сакраш бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилмоқда 0 11:47UFC жангчиси Виктория Дудаковага рақиб берилди 0 11:26Бетербиев ММАга ўтиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:05Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда 0 10:44Чендлер энди кимга қарши жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 10:23Шу ҳафта Хитойда ўтказиладиган UFC турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 10:01Собиқ чемпионлар Петр Ян ва Дейвисон Фигерейду ўзаро жанг олдидан юзма-юз келди (ФОТО) 0 09:39Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум 0 09:18Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиблари маълум 0

06 sen 14:01
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSU 65 yoshda! Ko'zguda – jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi

Teglar :  O'zDJTSUKafedra
O'g'il-qizlarning, ayniqsa, maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilari, boshlang'ich sinf o'quvchilarining jismoniy tarbiya va sportga oshno bo'lishida yuqori salohiyatli, puxta bilimga ega bo'lgan jismoniy tarbiya o'qituvchilari va murabbiylarning o'rni beqiyos.

#UzDJTSU2020  #UzDJTSU_65_YOSHDA

Biz tanishtirmoqchi bo'lgan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sportni boshqarish va kasbiy fanlar fakulteti negizidagi Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi ham yuqoridagi singari bilimli mutaxassis-kadrlarni tayyorlashda etakchi kafedralardan sanaladi. 

Kafedra tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, 1957 yilda dastlab Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga asos solingan va o'sha paytda kafedrani E. F. Ishchenko mudir sifatida boshqargan.

Kafedrada keyinchalik turli yillarda etakchi pedagog-olimlardan p.f.n., docent K. F. Bakuniene, p.f.n., docent M. Godik, biologiya fanlari nomzodi, docent YU. Yunusova, docent I. M. Kolotilova, p.f.n., docent K. M. Mahkamjonov, p.f.d., professor R. S. Salomov, b.f.n., professor YU. M. Yunusova, p.f.n., professor R. M. Matkarimov, p.f.d., professor F. A. Kerimov, p.f.n., docent O. V. Goncharovalar rahbarlik qilgan.

2016 yilga kelib kafedrani pedagogika fanlari nomzodi, docent Djamshid Xasanovich Umarov boshqarib kelmoqda. 1960 yildan boshlab Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mustaqil kafedra sifatida faoliyat yurita boshladi. 1967 yilda uning tarkibi N. Zisman, L. Polyakova, B. Roytburg singari tajribali o'qituvchilar bilan to'ldirildi. Ayniqsa, 1960 yildan 1967 yilga qadar p.f.n. K. Bakuniene rahbarlik qilgan paytda u kafedraning shakllanishi va rivoji uchun katta hissa qo'shdi. 

O'sha yillari ilk bor Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanidan maruzalar talabalarga o'zbek tilida o'qitila boshladi. Turli yillarda kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, docent M. Godik, biologiya fanlari nomzodi, docent YU. Yunusova, pedagogika fanlari doktori, professor R. S. Salomov, biologiya fanlari nomzodi, professor T. T. Yunusov, biologiya fanlari nomzodi, professor YU. M. Yunusova, S. R. Daurenova, E. YU. Daurenov, M. A. Mirodilov, L. Polyakova, E. Tarasova, SH. X. Isroilov, N. M. Atamuxamedova kabi professor-o'qituvchilar soha rivoji uchun samarali faoliyat ko'rsatishadi.

So'nggi yillarda bakalavr yo'nalishida Kasb talimi. Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) va Maktabgacha va boshlang'ich talimda jismoniy tarbiya va sport yo'nalishlari tashkil etilganligi va talabalar soni ham birmunchaga oshgani bois, mazkur Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasining professor-o'qituvchilari tarkibi ham kengayib bordi. 

2018 yildan Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati nomi ostida qayta shakllangan kafedra pedagogika fanlari nomzodi, docent Djamshid Xasanovich Umarov rahbarligida yanayam rivojlanish bosqichiga o'tdi. Kafedra mudiri D. Umarov 50 dan ortiq o'quv-uslubiy va o'quv qo'llanmalarning muallifi. Uning ilmiy rahbarligida 10 dan ortiq magistrlik, 2 nafar pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori dissertaciya ishi muvaffaqiyatli himoya qilinib, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olishdi. 

Kafedrada o'tilayotgan Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati fanining respublikamizda alohida fan sifatida shakllanishi va rivojlanishiga o'zining alohida hissasini qo'shgan olim, p.f.d., professor R. S. Salomovning ham mehnatlarini etirofga sazovor deyish mumkin. 

R. Salomov tomonidan jismoniy tarbiya va sport nazariyasiga bag'ishlangan 10 ga yaqin adabiyotlar yaratilgan bo'lib, hozirgi kunda soha bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarida asosiy foydalanilib kelinayotgan adabiyotlardan hisoblanadi. R. Salomov ilmiy rahbarligida 50 ga yaqin magistrlik, 10 ga yaqin nomzodlik dissertaciyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.

Kafedrada bir necha yillardan beri samarali mexnat qilib kelayotgan, jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori tajriba va bilimga ega bo'lgan, “Malakali kurashchilar tayyorlash ilmiy maktabi”ning asoschilaridan biri, fidoyi ustoz va murabbiy, “Do'stlik” ordeni sohibi, pedagogika fanlari doktori, professor F.A. Kerimovdir. F. Kerimov ilmiy raxbarligida ham 50 ga yaqin magistrlik, 20 ga yaqin nomzodlik dissertaciyalari munosib himoya qilingan.

 Kafedrada o'zining doimiy ilmiy izlanishlari va say-harakatlari bilan ko'plab yutuqlarga erishib kelayotgan ustozlardan yana biri p.f.n., docent D.N. Raxmatovadir. D. Raxmatova o'zining maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi yo'nalishida bir nechta o'quv-uslubiy va o'quv qo'llanmalarning muallifi bo'lib, uning ilmiy rahbarligida 10 dan ortiq magistrlik, 1 nafar pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori dissertaciya ishi muvaffaqiyatli himoya qilinib, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olishdi. 

2017 yilda katta o'qituvchi M.X. Mirjamolov, joriy yilda katta o'qituvchi L.Z. Xolmurodov, o'qituvchi M.A. Tojiev, o'qituvchi M. M. Maxmudovalar pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori dissertaciya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldilar. SHuningdek, 2017 yilda kafedra katta o'qituvchisi E.T. Rahmonov Oliy va o'rta-maxsus talim vazirligi tomonidan o'tkazilgan “Oliy talim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovining respublika bosqichida 2017 yilning “Mutaxassislik bo'yicha eng yaxshi pedagog” nominaciyasi g'olibiga aylandi.

Kafedra katta o'qituvchisi G. X Solixova va kafedra o'qituvchisi S. S. Rajabovlar maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiya darslari va sport mashg'ulotlarini takomillashtirish bo'yicha mustaqil tadqiqotchilik faoliyatlarini olib bormoqdalar.

Kafedrada faoliyat yuritayotgan yosh o'qituvchilari ham o'zlarining ustida tinimsiz ishlab, fidoyi ustozlar tajribalaridan foydalanib, sohaga oid nazariy bilim va amaliy tajribalarini doimiy ravishda oshirib bormoqdalar.

 Hozirda kafedrada professor-o'qituvchilar tomonidan mutaxassislikka oid turli fanlar mukammal o'qitilib kelinmoqda. Xususan, umumiy bosqich talabalari (2-3 bosqichda), Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati va Bolalar va o'smirlar sporti asoslari fanlari, kasb-talim ixtisosligi talabalari uchun Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyati, Sport mashg'ulotlarining nazariy asoslari, Sport pedagogik mahoratini oshirish fanlari, Maktabgacha va boshlang'ich talimda jismoniy tarbiya va sport ixtisosligi talabalari uchun Maktabgacha talim nazariyasi, Maktabgacha va boshlang'ich talimda jismoniy tarbiya va sport va Bolalar va o'smirlar sporti asoslari fanlari o'qitiladi. Magistratura bosqichi talabalari uchun Sportda ilmiy tadqiqotlar va Maxsus fanlarni o'qitish nazariyasini o'qitish pedagogik texnologiyalar – interfaol usullardan foydalanilgan xolda olib borilmoqda. Kafedra tomonidan har yili jismoniy tarbiya va sport ixtisosligida tahsil olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari o'rtasida fan olimpiyadasining universitet bosqichi bo'lib o'tadi. Quvonarlisi, g'oliblar respublika bosqichida ham har yili faxrli birinchi o'rinni egallab, kafedraning, universitetning shanini munosib himoya qilishadi.

Kafedrada D. Umarov boshchiligida hamkorlik aloqalariga ham alohida etibor qaratilgan. Hattoki, ilm-fan, fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida kafedraning 15 nafar professor-o'qituvchilaridan iborat innovacion guruhi ham tashkil etilgan.

Innovacion guruh tarkibiga kirgan professor-o'qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalarining tajriba almashishlarini, ilmiy amaliyotlarini va ularning ishlab chiqarish korxonalari muammolarini chuqur tahlil qilishlarini tashkil etish bilan bog'liq chora-tadbirlarni amalga oshirish, bitiruvchi talabalarni bitiruv oldi amaliyotga hamda ishga yo'llash masalalarining o'zaro manfaatli shakllarini ishlab chiqish hamda innovacion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar doirasida Respublika Olimpiya zahiralari maktab-internati, CHirchiq olimpiya zaxiralari maktab-internati, Urganch davlat universiteti, Farg'ona davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Sport federaciyalari (suzish, armrestling), Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi umumtalim maktablari, Qibray tumani maktabgacha talim bo'limi, Toshkent shaxar M. Ulug'bek tumanidagi 501 va 451-sonli maktabgacha talim muassasalari bilan hamkorlik ishlari yo'lga qo'yilgan.

Xalqaro hamkorlik doirasida esa Belorus davlat jismoniy tarbiya universiteti, Ukraina milliy jismoniy tarbiya va sport universiteti, P. F. Lesgaft nomidagi milliy jismoniy tarbiya, sport va salomatlik davlat universiteti (Rossiya), Povolj davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm akademiyasi (Rossiya), Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetlari bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlagangan.

Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish va rivojlantirishning 2020-2023 yillarga mo'ljallangan ISTIQBOL REJASI ham ishlab chiqilgan. Unga ko'ra:

Jismoniy tarbiya va sport faoliyatining nazariy-usuliy asoslari, uni yangilash taktikasi va strategiyasini ishlab chiqish yo'nalishida:

I. O'zbekistonda maktabgacha va umumiy o'rta talim muassasalarda tarbiyalanuvchi-yoshlarning jismoniy tarbiya tizimida pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish:

1.1. O'zbekistonda maktabgacha talim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini pedagogik texnologiyalar va dasturlarni ishlab chiqish;

1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash;

1.3. Boshlang'ich talim o'quvchilarida jismoniy sifatlarini rivojlantirish usullarini takomillashtirish;

1.4. Maktabgacha yoshdagi bolalarni sport turlariga yo'naltirishning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqish.

II. Respublikada umumiy o'rta talim o'quvchilarning maxsus jismoniy sifatlarini rivojlantirishning innovacion vosita va metodlarini ishlab chiqish.

2.1. Milliy cport turini qo'llagan holda oliy talim muassasalari talaba qizlarining jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish; 

2.2. Darsdan tashqari mashg'ulotlarda o'quvchilarni “Alpomish va “Barchinoy” maxsus testlarini topshirishga tabaqali yondashuvga o'rgatish;

2.3. O'quvchi-yoshlarni jismoniy qobiliyatlarini, jismoniy sifatlarini rivojlantirish usullari yangi innovacion texnologiyalarni samaradorligini aniqlash;

2.4. Umumiy o'rta talim maktablarida ommaviy sport harakatlarini joriy qilish.

O'smirlar sporti va oliy malakali sportchilarni tayyorlashning ruhiy-pedagogik va fiziologik-gigienik asoslari yo'nalishida:

III. Yuqori malakali sportchilar salomatligi holatiga oid xavfli omillarni har tomonlama baholashning axborot modellarini ishlab chiqish:

3.1. Yuqori malakali sportchilar salomatligi holatiga oid natijalarini tahlil etish;

3.2. Yuqori malakali sportchilar salomatligi holatiga oid testlar ishlab chiqish;

3.2. Sportchilarni tayyorlash tizimida vositalar, usullar, shakllar va innovacion texnologiyalarni mashg'ulot jarayonida takomillashtirish;

Jamshid UMAROV, Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, docent: –Kafedramizda faoliyat ko'rsatayotgan 2 nafar professor, 6 nafar docent, 4 nafar katta o'qituvchilar, 8 nafar o'qituvchilardan iborat xodimlarimiz universitetimiz rahbariyati tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanib, mamlakatimiz jismoniy tarbiya va sport sohasiga malakali va etakchi kadrlarni tayyorlashni o'zlarining bosh maqsadlari, deb bilishadi. Yana shuni alohida takidlamoqchimanki, bugun talabalarimizning mamlakatimiz ravnaqi yo'lida fidoyi, bilimli insonlar bo'lib kamol topishi uchun universitetimizda yaratilgan qulayliklar, o'zgarishlar, bunyodkorlik ishlarini, yashillik olamini ko'rib ko'zingiz quvnaydi. Qalbda uyg'ongan havas esa mehrni, ishtiyoqni kuchaytiradi. Havas va ishtiyoq bilan mehnat qilar ekanmiz – ko'zlangan mushtarak manzillar sari dadil qadam tashlayveramiz!

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing