So’nggi yangiliklar

17:19Умар Двалишвилининг Ян билан жанг қилиш истаги ҳақида — "Ҳайрон қолмадим" 0 16:58Шавкат Раҳмонов октагонга чиқадиган UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум 0 16:37Футбол тарихидаги энг яхши 10 нафар сардор 0 16:16Қозоғистон бокс терма жамоаси мураббийи: "Асосий рақиб - Ўзбекистон!" 0 15:55Мераб Двалишвили: "Петр Ян энг муносиб даъвогар!" 0 15:34Тошкентда ўтадиган Octagon 68 турнирининг марказий жанги эълон қилинди 0 15:13Сервер Жепаров нима учун Европада ўйнаш насиб қилмаганини тушунтирди + ВИДЕО 0 14:52Бивол - Бетербиев реванш жангининг эҳтимолий санаси айтилди 0 14:31Ёш стол теннисчиларимиз жаҳон чемпионатида иштирок этишмоқда 0 14:10"Қанақа одамсан?" Двалишвили Умар Нурмагомедовга жавоб қайтарди 0 13:49Дебют ўйинида "Ипсвич"ни юта олмаган МЮ бош мураббийи Аморим нималар деди? 0 13:28Prezident Kubogi. Бироздан сўнг Нодирбек Абдусатторов дербида пешқадамга қарши партияни бошлайди 0 13:07Янник Синнер Рожер Федерернинг рекордини такрорлади 0 12:46Собиқ жаҳон чемпиони: "Мадримов бу вазнда Кроуфорддан кейинги энг яхши боксчи!" 0 12:25Криштиану Роналдуни судга беришди 0

27 avg 07:27
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSU 65 yoshda! Ko'zguda – sport menejmenti va iqtisodiyot kafedrasi

Xabaringiz bor, yaqinda O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya sport universiteti tashkil etilganiga 65 yil to'ldi.

#UzDJTSU2020  #UzDJTSU_65_YOSHDA

Mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoev O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Cenatining qo'shma majlisidagi maruzalarida “Tarmoq va hududlar rahbarlari faoliyatini samarali tashkil etish uchun zamonaviy menejment tizimiga o'tishimiz lozim. Vazirlik va idoralar rahbarlari ish uslubini o'zgartirib, masuliyat va javobgarlikni o'z zimmasiga olishni o'rganishi kerak. Aholi va tadbirkorlar muammolarini hal etish bo'yicha yangi tashabbuslarni ilgari surib, ularni hayotga joriy etish rahbarlar faoliyatini baholashning asosiy mezoniga aylanishi lozim. O'z vaqtida hal qilinmagan muammolar joylardagi aholi kayfiyati va turmush sharoitiga salbiy tasir ko'rsatishini bir soniya bo'lsa ham unutmasligimiz zarur” deb takidlagandilar.

Mamlakatimizda ijtimoiy soha va uning ajralmas qismi bo'lgan jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishda jahon standartlariga javob beruvchi zamonaviy korxona va tashkilotlar bilan birga shakllanayotgan sport industriyasi muhim rol o'ynaydi. Jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini ko'rsatishda, yani aholi turmush darajasi va sog'lomlashtirish muhitini oshirishda jismoniy tarbiya va sport menejmenti muhim ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy ijtimoiy hayotning barcha jabhalaridagi chuqur o'zgarishlar menejer shaxsiga nisbatan tamoman yangi talablar qo'ymoqda. Jamiyatning raqobatbardosh, yani xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarishning doimiy o'zgarib turuvchi sharoitlarida murakkab kasbiy vazifalarni hal eta oladigan hamda qaror chiqara oladigan mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoji birinchi o'ringa chiqmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport menejmenti talim yo'nalishi bo'yicha kadrlar tayyorlashda jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalarini qayta anglash dolzarb hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sport faoliyatining barcha jabhalarida so'nggi uch yilda ro'y bergan jiddiy o'zgarishlar sohadagi vaziyatni keskin o'zgartirish, eskirgan hamda zamon talablariga javob bera olmaydigan boshqaruv uslublarining o'rniga xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda etakchi sport mamlakatlaridagi sportni boshqarishning ilg'or uslub va andozalarining eng maqbullarini tatbiq etishni talab qiladi.

Respublikadagi sport tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligini taminlash va ularning rivojlanishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan innovacion strategiyalarni aniqlash, yosh iqtidorli sportchilarga bo'lgan talabni aniqlashning innovacion uslubiyatini ishlab chiqish hamda jahon bozorlarida raqobatbardoshlikni taminlash uchun jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo'yicha sport menejmenti strategiyasini ishlab chiqish sport menejerlarining funkcional vazifalaridir. 

Barcha boshqaruvning uzluksiz ishlash jarayoni menejmentdir. Menejerlarning vazifasi – mavjud bo'lgan moddiy resurslar asosida istemolchilar ehtiyojini hisobga olib tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish, tashkilotning foydaliligini, ishlab chiqarish jarayonini racional tashkil qilish orqali bozorda uning barqaror mavqeini taminlash, ilmiy texnika bazasini rivojlantirish, texnologik qayta qurish va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni amalga oshirish, yuqori malakali ishlovchilardan foydalanishga o'tish, xodimlar ishini rag'batlantirish, tashkilotning samarali faoliyati ustidan doimiy nazorat qilish, barcha bo'linmalar ishini muvofiqlashtirish, yangi bozorlarni doimiy izlash va o'zlashtirish, kadrlar salohiyatidan samarali foydalanish hisoblanadi.

 Menejerlarga tashkilotning rivojlanish maqsadlarini aniqlash, ustuvor vazifalarni amalga oshirish tartibini belgilash, firmani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, qo'yilgan vazifalarni muddatida bajarish tadbirlari tizimini tayyorlash, zarur bo'lgan resurslarni va bo'shliqni to'ldirish manbalarini baholash, belgilangan topshiriqlarni bajarish ustidan nazoratni kuchaytirish va odamlarni samarali boshqarish kabi masalalarni echishga to'g'ri keladi. Ammo jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ushbu vazifalar murabbiy va sportchilarni tayyorlash darajasida, sportchining jismoniy, ruhiy, madaniy, ijtimoiy rivojlanishida va yirik musobaqalarda ularning qatnashish tajribasida muhim rol o'ynaydi.

Sport menejmenti – bu o'zgaruvchan va oldindan bilish qiyin bo'lgan muhitda sohadagi bevosita va bilvosita masalalarni kompleks echish imkoniyatlarini doimiy izlashdir. Sportda natijalarning oldindan malum bo'lmasligi uning jozibadorligini oshiradi.

Mustaqil fikri, o'z dunyoqarashi, mustahkam etiqodi va fuqarolik poziciyasiga ega, dunyo hamjamiyatida yuz bergan voqea-hodisalarga o'z munosabatini bildira oladigan, jismonan va manan barkamol avlodni tarbiyalash, mamlakatda jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini taminlash, sportchi-yoshlarda elu yurtga muhabbat tuyg'ularini yanada yuksaltirish orqali ularni dunyo tamaddunida erishilgan yutuqlardan voqif etish va mamlakatimizdagi keng ko'lamli islohotlarni tasirchan usulda etkazish O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetda faoliyat yuritayotgan Sport menejmenti va iqtisodiyot kafedrasining ustuvor vazifalari hisoblanadi.

Dastlab, 2008 yilda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida ilk bor Iqtisodiyot va menejment kafedrasi tashkil etilgan. Kafedrada Jismoniy tarbiya va sport menejmenti, Soliq va soliqqa tortish, Iqtisodiyot nazariyasi, “Sport menejmenti, Sport marketingi, Sport iqtisodiyoti, Sportda moliyaviy menejment, Sportda loyihalarni moliyalashtirish fanlari bo'yicha mashg'ulotlar olib boriladi. 

2008 yilda kafedrada Jismoniy tarbiya va sport menejmenti magistratura mutaxassisligi ochilgan. SHu davrdan boshlab hozirgi kunga qadar ushbu mutaxassislikni tamomlagan 60 nafardan ortiq mutaxassis kadrlar respublikamizning turli sport tashkilotlarida o'z faoliyatlarini yuritib kelmoqdalar. 2011 yilda Iqtisodiyot va menejment kafedrasi Sport menejmenti va turizm nomi bilan qayta tashkil etilgan. 2014 yilga kelib kafedra Sport menejmenti va iqtisodiyot nomini oldi. Ushbu yillarda kafedra faoliyatini Z. G'ulomov, A. Yadgarov, F. Yuldashev, E. Ablaeva va N. Abdievlar boshqarib kelgan. 2016 yildan hozirgi kunga qadar kafedraga iqtisod fanlari nomzodi, docent Komil SHamsievich Ziyadullaev rahbarlik qilib kelmoqda.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy talim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2909-sonli qarorining 25-ilovasiga muvofiq, “2017-2021 yillar davrida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining rivojlanish Dasturi”ning ijrosini taminlash maqsadida 2018-2019 o'quv yilida Jismoniy tarbiya va sport menejmenti, 2019-2020 o'quv yilida esa Marketing (sport) va 2020-2021 o'quv yil bo'yicha Sport faoliyati – shaxmat sport turi bakalavriat talim yo'nalishlari ochildi. 

Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalangan holda professorlar M. Boltabaev, M. Ikramov, R. Nabiullin, docentlar I. Axmedov, A. Ibragimov, J. Narziev, A. Tillaxodjaev, o'qituvchilar N. Matkarimova, Z. Yusupov, M. Mamatov, R. Babajanov, A. Rashidov, Z. Tursunova, B. Xoliqov, U. Alqorov va D. Usmanovalar 150 nafardan ortiq bakalavr bosqichi talabalariga, 25 nafar magistrlarga sport menejmenti va sport marketingining sir-asrorlarini o'rgatib kelishmoqda. Aynan kafedra xodimlarining maslahati va bevosita yordamida talabalar ixtisosligi bo'yicha adabiyotlarni o'qish va tarjima qilish, ilmiy izlanishlar olib borishmoqda hamda turli anjumanlarda faol ishtirok etishmoqda.

Hozirgi globallashuv davrida kafedra professor-o'qituvchilari oldiga ikki muhim talab qo'yilmoqda. Birinchidan, har bir o'qituvchi zamonaviy axborot texnologiyalaridan xabardor bo'lishi, o'z ixtisosligiga doir yangilanishlarni nazorat qilishi va shu asosda o'qitishning sodda, lekin tasirchan usullari ustida bosh qotirishi, talabalarning qiziqish ko'nikmasini yuksaltirishga erishishi lozim. Bu esa tinmay izlanish, bilim va ko'nikmalarni oshirish, talim sifatini yanada yaxshilash, talabalarga mustaqil ilm egallash imkoniyatlarini taqdim etish, sport menejmenti va sport marketingini o'rgatishda kreativ yondashuvni talab etadi. Ikkinchidan esa zamonaviy talim texnologiyalarini qo'llash asnosida talaba-yoshlarda Vatanni sevish va ardoqlash, milliy-manaviy merosni asrash tuyg'ularini yuksaltirish lozim bo'ladi.

Zamonaviy sport industriyasi “tirik” va ko'p qirrali organizm bo'lib, turli ko'lamli rejalar, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun keng qamrovli imkoniyatlarni yaratmoqda. Mijozlarning vaqti va mablag'lari uchun mavjud jiddiy raqobat sport menejerlaridan layoqatli ilmiy asoslangan fikrlashni talab etib, u murakkab ko'p omilli bozor va ijtimoiy muhitni obektiv baholash, strategik maqsadlarni qo'yish, strategiyalarni tanlash hamda ularni amalga oshirishning samarali vositalarini ishlab chiqishga imkon beradi.

Hozirgi zamon iqtisodiy jarayonlar va ijtimoiy munosabatlarning juda tez va global ravishda axborotlashayotganligini “boshi”dan kechirmoqda. Buning natijasida menejment va marketing to'g'risidagi oldingi tasavvurlar keskin ravishda o'zgarmoqda, uning imkoniyatlari kengaymoqda – yangi extiyojlar va mahsulotlar, kommunikaciyalar va mahsulotlarni sotish kanallari paydo bo'lmoqda. Boshqaruv jarayonlarining aksariyati kompyuterlarda bajarilishiga qaramasdan biznes mafkurasini ishlab chiqish, yo'nalishlar, maqsadlar va strategiyalarni tanlash hanuzgacha inson qo'lida qolmoqda.

Buning uchun mamlakatimiz hududlari bo'yicha ommaviy sportning rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan sport tashkilotlarining mustaqilligini taminlash va tegishli shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan innovacion-strategik modelini yaratish, jismoniy tarbiya va sport sohasi rivojlanishida korporativ maqsadli marketing strategiyalarini aniqlash, iqtidorli sportchilarga bo'lgan talabni aniqlashning innovacion uslubiyatini ishlab chiqish va sportga bo'lgan talabni qondirishning iqtisodiy andozasini yaratish, jahon bozorida raqobatdoshlikni taminlash uchun jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo'yicha sport menejmenti va marketingining maqsadli strategik koncepciyasini ilmiy asoslash hamda innovacion usullarini ishlab chiqish zarurdir.

Kafedra mudiri Komil ZIYADULLAEV va o'z muxbirimiz Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing