24 okt 17:31
Yangiliklar
Tennis
Yakuniy WTA turnirining so'nggi ishtirokchisi malum - u qozoq tennischisi!
Dunyoning ettinchi raketkasi bo'lib turgan Elena Ribakina Yakuniy WTA turnirining so'nggi sakkizinchi ishtirokchisiga aylandi.
Qozog'istonlik tennis malikasi Tokio turnirida 1/2 finalga yo'l olish barobarida Yakuniy chempionat chiptasini ham qo'lga kiritgan. Bu borada u asosiy taqibchisi rossiyalik Mirra Andreevani ortda qoldirdi.
Ribakina Tokio turniri 1/4 finalida Viktoriya Mbokoni mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan Elena WTA CHempionlik poygasi reytingida Andreevadan o'zib ketdi.
SHu tariqa Ar-Riyodga boradigan 8 tennis malikasi aniqlandi: Arina Sobolenko, Iga Svyontek, Koko Goff, Amanda Anisimova, Jessika Pegula, Medison Kiz, Jasmin Paolini, Elena Ribakina.
Yakuniy WTA turniri 1 noyabr kuni start oladi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar