24 okt 18:55
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondochilarimizning Jahon chempionati ilk kunidagi natijalari qanday bo'ldi?
Bugun Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati start oldi.
Musobaqaning dastlabki kunida erkaklar eng og'ir — +87 kg, ayollar esa -57 kg vazn toifalarida bahs olib borishdi.
Kun davomida O'zbekiston terma jamoasi azolari Marat Mavlonov hamda Madina Mirabzalova bellashuvlarda ishtirok etdi.
Mavlonov musobaqa doirasida uchta jang o'tkazib, ikkitasida g'alaba qozondi. U chorak final bosqichida britaniyalik tajribali Kaden Kunningemga alamli tarzda mag'lub bo'ldi.
Madina Mirabzalova esa dastlabki ikkita bosqichdagi g'alabasidan keyin nimchorak final bosqichida iordaniyalik Fadiya Xirfanga imkoniyatni boy berdi. Qizig'i, yakunda vakillarimizdan ustun kelgan har ikki taekvondochi JCH bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : t.me/uzbtaekwondowt
Fikrlar