24 okt 18:13
Yangiliklar
Sport kurashlari
Mehroj Bahromov Jahon chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi. Yunon-rum kurashchilarimiz umumjamoa hisobida beshinchi bo'lishdi
Serbiyaning Novi-Sad shahrida o'tkazilayotgan sport kurashlari bo'yicha U-23 yosh toifasidagi Jahon chempionatida terma jamoamiz yana bir medalni qo'lga kiritdi.
Kecha yunon-rum kurashi bo'yicha -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mehroj Bahromov bronza medali bilan taqdirlandi. Sportchimiz uchinchi o'rin uchun bahsda ozarbayjonlik sportchidan ustun keldi.
SHu tariqa, yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi musobaqani uchta medal qo'lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 5-o'rinda yakunladi.
Sovrindorlar:
Kumush:
72 kg — Abror Atabaev.
Bronza:
55 kg — Hojiakbar Qo'chqorov
60 kg — Mehroj Bahromov.




Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar