So’nggi yangiliklar

14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0 13:11Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/2 финал иштирокчисига айланди 0 12:50Бугун 5 нафар аралаш яккакурашчимиз Octagon 66 турнирида жанг қилади 0 12:29FourFourTwo ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди 0 12:08Сувга сакраш бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилмоқда 0 11:47UFC жангчиси Виктория Дудаковага рақиб берилди 0 11:26Бетербиев ММАга ўтиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:05Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда 0 10:44Чендлер энди кимга қарши жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 10:23Шу ҳафта Хитойда ўтказиладиган UFC турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 10:01Собиқ чемпионлар Петр Ян ва Дейвисон Фигерейду ўзаро жанг олдидан юзма-юз келди (ФОТО) 0 09:39Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум 0 09:18Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиблари маълум 0

24 sen 11:19
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSU 65 YOSHDA! Ko'zguda – talim sifatini nazorat qilish bo'limi

Teglar :  O'zDJTSUKafedra
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev rahbarligida 2018 yil 24 oktyabrda oliy talim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integraciyasini kengaytirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazilgan edi.

Mazkur yig'ilishda ilk bor xalqaro tajribalar asosida oliy talim muassasalarining milliy reytingi yaratilib, talim va ilmiy-tadqiqot jarayonlari tahlil qilingani va ushbu tahlil natijasida sohada qator muammo va kamchiliklar malum bo'lgani aytib o'tilgan edi.

SHu bois aksariyat oliy talim muassasalari qatori O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham bu boradagi ishlarga alohida etibor qaratilib, samaradorlikka erishilmoqda.

Anglaganingizdek, mazkur sahifamizda jismoniy tarbiya va sport universitetining Talim sifatini nazorat qilish bo'limi faoliyati bilan yaqindan tanishishga harakat qilamiz.

Universitetning  Talim sifatini nazorat qilish bo'limi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Talim sifatini nazorat qilish davlat inspekciyasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq 2018 yilda tashkil etilgan bo'lib, dastlab bo'limga Anvar Xusanovich Hayotov rahbarlik qilgan. 

Talim sifatini nazorat qilish bo'limining bosh maqsadi -universitet talabalari bilimlarining davlat talim standartlariga muvofiqligini o'rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, universitetni ichki attestaciyadan o'tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo'yicha talim sifatiga salbiy tasir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko'rishdan iborat.

Ayni paytda Talim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i, pedagogika fanlari nomzodi, professor v.b. Yunus Yusupovich Aripov bizga bergan malumotlariga binoan bo'limning asosiy vazifalari ishlab chiqilgan Nizomga ko'ra, quyidagilardan iborat:

talim yo'nalishlari va mutaxassisliklarning davlat talim standartlari (DTS), malaka talablari, o'quv rejalari va fan dasturlari bilan taminlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

universitetda talim jarayoni sifatini, uning o'quv adabiyotlari va o'quv-uslubiy materiallar bilan taminlanganlik darajasini o'rganish;

talabalar bilimlarining DTSga muvofiqligini o'rganib borish, tahlil qilish;

talim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taminlash;

kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

universitetning ichki attestaciyadan o'tkazishni tashkil etish, natijalari bo'yicha talim sifatiga salbiy tasir etuvchi omillarni aniqlash, malumotlarni universitet rektoriga hamda Davlat inspekciyasiga taqdim etish;

attestaciya, talim sifatini o'rganish bilan bog'liq jarayonlarda universitetda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o'z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o'rnatish;

talim sifatini belgilovchi ko'rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

talim sifatini oshirish maqsadida professor-o'qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;

universitetning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo'lim, markaz) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek, oliy o'quv yurtidan keyingi talim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo'nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o'tkazish, tahliliy malumotlarni tayyorlash, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo'yicha universitet rahbariyatiga takliflar kiritish;

universitet professor-o'qituvchilari tayanch malumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o'tganligini yoki mos ixtisoslik bo'yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o'rganish va xulosalarni universitet rektoriga malum qilish;

universitetning o'quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;

talim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo'yicha takliflar berish;

universitetda talabalar amaliyotining talim yo'nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

davlat inspekciyasining topshirig'iga binoan universitetlar reytingini aniqlashga va baholashga oid malumotlarni to'plashda, o'tkaziladigan attestaciya va talim sifatini o'rganish bilan bog'liq jarayonlarda ishtirok etish;

talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;

universitetdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va talim sifatini o'rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o'qituvchi va kadrlar istemolchilari o'rtasida ijtimoiy so'rovlar o'tkazish;

bo'lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Istedod” jamg'armasi yoki xalqaro loyihalar va universitet hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o'quv va ilmiy markazlari tajribasini o'rganish va ularni talim jarayoniga tatbiq etish;

universitet reytingini xalqaro darajaga ko'tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni universitet rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini taminlashda faol ishtirok etish;

universitetning tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda talim sifatini oshirishga qaratilgan o'quv seminarlari va treninglarni o'tkazish;

universitetda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo'yilgan vazifalar doirasida seminar mashg'ulotlarini muntazam ravishda o'tkazib borish;

o'quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o'rtasidagi integracion hamkorlik, innovacion g'oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig'i masalalari monitoringini yuritish;

universitet Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo'lim tomonidan talim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o'rganish va monitoring natijalari to'g'risida malumotlar berib borish;

talim sifati holatini o'rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni universitet rahbariyatiga taqdim etish.

Bundan tashqari, talim sifatini nazorat qilish bo'limi o'ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq, universitetda talim sifatini DTS va malaka talablariga muvofiqligini taminlash, o'quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish bo'yicha faoliyatni va chora-tadbirlarni amalga oshirish, asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida talim sifatini aniqlash, uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yo'nalishlarini belgilab berishga va bu jarayonni muvofiqlashtirish kabi bir qator funkiciyalarni ham amalga oshiradi va bo'yicha olib borilgan o'rganishlar natijalari asosidagi takliflarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Talim sifatini nazorat qilish davlat inspekciyasi va universitet rahbariyatiga taqdim etadi. 

Yuqoridagi vazifalarga ko'ra, Talim sifatini nazorat qilish bo'limi tomonidan 2020 yil birinchi choragida amalga oshirilgan ishlarning ayrimlarini misol keltirishimiz mumkin. Xususan, universitet devonxona bo'limi, ichki nazorat va monitoring bo'limi, o'quv-uslubiy bo'lim, axborot texnologiyalari bo'limlari masulligida meyoriy-huquqiy hujjatlar nomenklaturasini shakllantirish, ularning mazmunini o'rganish va bo'limda ish yuritilishini tashkil etilgan va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlar raqamli bazaga joylashtirilgan.

SHuningdek, o'quv ishlari bo'yicha prorektori, Talim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i, o'quv-uslubiy bo'limi boshlig'i, marketing bo'limi boshlig'i, barcha fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari masulligida universitetda o'quv jarayonining DTS, malaka talablari, o'quv rejalari, fan dasturlari, ishchi o'quv rejalari va ishchi fan dasturlari bilan taminlanganlik holatlari o'rganib chiqilgan. Ularni kadrlar istemolchilari fikrlarini inobatga olgan holda ishlab chiqarish bilan talim integraciyasi nuqtai nazardan yanada takomillashtirish bo'yicha takliflarni tayyorlab, universitet rektoriga (Kengashiga) taqdim etilgan.

 Barcha prorektorlar, Talim sifatini nazorat qilish bo'limi, tegishli bo'lim boshliqlari, barcha fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari masulligida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Talim sifatini nazorat qilish davlat inspekciyasi tomonidan elon qilingan universitetning 2019 yildagi faoliyati bo'yicha reytingini baholashga oid malumotlar tahlil qilinib, natijalar davlat inspekciyasiga taqdim etilgan. 

Bo'lim tomonidan universitetda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlar holatini o'rganish natijasida, kafedralar tomonidan to'garaklar faoliyati yo'lga qo'yilib, 279 nafar talaba iqtidorli talaba etib belgilangan. 2020 yilning yanvar oyiga qadar kafedralar tomonidan 6 ta ilmiy-amaliy to'garaklar tashkil etilib ularga 80 nafar talabalar jalb etilgan. 

SHu qatorda ilmiy seminarlar tashkil etilib, 200 dan ziyod talabalar ilmiy rahbarlarga yo'naltirilgan. 

Universitetda mavjud talim yo'nalishlari va mutaxassisliklari uchun xorijiy oliy talim muassasalari bilan hamkorlikda qo'shma dasturlar ishlab chiqish va maqsadli kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlarni nazorat qilib boriladi. Qo'shma dastur asosida kadrlar tayyorlash bo'yicha hamkorlik o'rnatilgan Universitetda 2 ta nufuzli OTM (Belarus DJTSU, P.F.Lesgaft nomidagi JTSTU) shuningdek, Xitoyning 2 ta OTM va Janubiy Koreyaning 2 ta sport tashkiloti bilan hamkorlik Memorandumi imzolangan.

O'quv ishlari bo'yicha prorektor, o'quv-uslubiy bo'limi, axborot texnologiyalari markazi, talim sifatini nazorat qilish bo'limi, ichki nazorat va monitoring bo'limi, fakultet dekanlari, magistratura bo'limi va kafedra mudirlari, guruh murabbiylari masulligida universitetda talabalarning masofadan turib bilim olishlari uchun https://t.me/masofaviytalimuzdjtsu masofaviy talim platformasi ishga tushirish kabi qator vazifalar belgilangan dastur va nizomga muvofiq, amalga oshirilganiga guvoh bo'lish mumkin.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Talim sifatini nazorat qilish davlat inspekciya tomonidan joriy yilning fevral oyida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish bo'yicha 2020 yil uchun “Yo'l xaritasi” ishlab chiqilgan. Unda belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada, ayniqsa, masofaviy talimni tashkil etish jarayonlari bo'lim tomonidan tahliliy va tanqidiy ruhda o'rganib borilmoqda.

Bir so'z bilan aytganda, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan karantinga oid choralarga amal qilish davrida masofaviy talimning yo'lga qo'yilganligi, o'qitishning sifati va belgilangan vazifalar ijrosi bo'yicha universitetda mavjud 7 ta bakalavr talim yo'nalishi, 2 ta magistratura mutaxassisligi , 5 ta fakultet, 23 ta kafedra, magistratura va sirtqi bo'limlar hamda O'zbek-Belorus Qo'shma fakultetlari faoliyati Talim sifatini nazorat qilish bo'limi tomonidan doimiy kuzatuvda.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing