25 sen 11:34
Yangiliklar
O'zDJTSU 65 YOSHDA! Ko'zguda – tennis, badminton nazariyasi va uslubiyati kafedrasi
#UzDJTSU2020 #UzDJTSU_65_YOSHDA
SHu boiski, ushbu sport turlari to'rt yillikning muhim musobaqasi bo'lgan yozgi Olimpiada o'yinlari dasturidan mustahkam o'rin olgan.
Anglaganingizday, bugun O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport o'yinlari fakulteti negizidagi Tennis, badminton nazariyasi va uslubiyati kafedrasi faoliyati haqida so'z yuritamiz. Kafedra mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi keng qatlamini sport bilan, xususan, stol tennisi, tennis va badminton bilan shug'ullanishga jalb etish va bu orqali jismonan sog'lom avlodni tarbiyalash, ommaviy sport tadbirlari va musobaqalar o'tkazish, istedodli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirish, katta sport sari etaklash, qolaversa, kadrlar tayyorlash, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro aloqalarni kengaytirish kabi ustuvor vazifalarni bosh maqsad qilgan.
Mazkur kafedra ham o'ziga xos uzoq tarixiga ega. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti tashkil etilgan 1955 yilda Sport o'yinlari kafedrasiga asos solingan va uning tarkibiga tennis ixtisosligi kiritilgan. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti 1959 yildan boshlab tennis bo'yicha trenerlar va o'qituvchilar tayyorlashni boshlagan. 2000 yilga kelib kafedraga Sport va milliy o'yinlar kafedrasi nomi berildi.
Sport o'yinlari kafedrasining birinchi mudiri O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy V. X. SHnurov bo'lib, u 1955 yildan 1960 yilgacha kafedrani boshqargan. Keyinchalik kafedraga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan trener G. L. Keshishev (1960 -1968), O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan trener V. F. SHveduks (1968-1970) O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan trener I. I. Ickov (1970-1972), professor O. T. Rasulev (1972-1974), docent A. SH. Kosimov (1974-1984), O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan trener, pedagogika fanlari doktori, professor L. R. Ayrapetyanc (1984-2016) rahbarlik qilganlar.
Kafedrada turli yillarda tennis bo'yicha tajribali mutaxassislardan X. Abidova, V. Bezverxov, M. Gaziev, O. Mo'minov, N. Umarova, SH. CHebotarevlarning shu sport turini rivoji yo'lida qilgan mehnatlari tahsinga loyiq. Bu borada kafedraning eng tajribali va faxriy ustozlaridan, tennis bo'yicha ko'p karra O'zbekistonning (1969-1975 yillar) chempioni, O'zbekiston tennis federaciyasi murabbiylar hayati raisi, sport ustasi, 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, b.f.n. docent V. P. Bezverxovning mehnatini alohida takidlab o'tish lozim.
2011 yilda Gandbol va tennis nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashkil topadi va kafedrani p.f.n. O. X. Abdualimov boshqardi. 2014 yili esa ushbu kafedrada badminton ixtisosligi ham yo'lga qo'yiladi. 2018 yili badminton sport turini o'z ichiga olgan kafedra Gandbol, tennis, badminton nazariyasi va uslubiyati kafedrasi nomi ostida faoliyatini davom ettiradi.
Nihoyat, 2020 yilda Tennis, badminton nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashkil etildi va stol tennisi ixtisosligi ham kafedraga qamrab olindi. Yangidan tashkil etilgan ushbu kafedra mudiri lavozimiga Qobiljon Kamilovich Usmanov tayinlandi.
Aytish joiz, universitetning yuqori malakali professor-o'qituvchilari qatoridan munosib joy olgan yosh mutaxassis – kafedra mudiri Q.Usmanov o'z faoliyatida yuksak natijalarga erishib kelmoqda. Kafedraning o'quv-uslubiy, ilmiy, marifiy va sport ishlarida doim faolligi, uning 40 dan ortiq ilmiy ishlari nashr qilingani buning dalolatidir. Yangidan tashkil etilgan kafedraga rahbar etib tayinlanishiga qadar Q.Usmanov Sport o'yinlari fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini lavozimida faoliyat yuritgan.
Ayni paytda kafedrada talabalarning puxta bilim olib, yuqori salohiyatli mutaxassislar bo'lib etishishida kafedrada docent v.b. SH.A. Po'latov, katta o'qituvchi N.I.Ahmedova, o'qituvchilar SH.D. Saidova, M.YU. G'anieva, S.F.Suleymanova, N.S.Qurbonova, A.I.Azamatov, SH.SH. Isroilovlar ustozlik qilishmoqda.
Yangi tashkil etilgan kafedra tarkibi 2020-2021 o'quv yilida tennis ixtisosligi bo'yicha magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tugatgan M. I. Jalilova, F. T. Umaralieva, B. U. Xolmatovlar faoliyati bilan kengaydi. Kafedraning yosh mutaxassislari tomonidan Stol tennisi nazariyasi va uslubiyati fani bo'yicha o'quv ishchi dasturlar, o'quv-uslubiy majmualar hamda o'quv-meyoriy xujjatlari tayyorlanganiga guvoh bo'lish mumkin.
Kafedra ham universitetning boshqa kafedralari singari istedodli, sportda yuqori marralarni zabt etgan faxr sportchi-talabalari bilan faxrlanishga haqli. Kafedra tarkibidagi sport turlari bo'yicha tahsil olayotgan talabalar yoki bitiruvchilarning ko'pchiligi turli sport federaciyalarining terma jamoalari tarkibida Osiyo va jahon chempionatlari, Olimpiya va Osiyo o'yinlari, xalqaro turnirlarning g'olib va sovrindorlari bo'lib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishmoqda.
Jumladan, xalqaro toifadagi tennischilar Denis Istomin, Nigina Adburaimova, Farrux Dustov, Vaja Uzoqov, Sabina SHaripova, Ravshan Sultanov, Danis Baybekov, Fomin Sergey, Zarnigor Dostonova, Temur Satimov, Abdulaziz Yaxshilikov, Abror Jalolovlarning qo'lga kiritgan muvaffaqiyatlari bois kafedraning faxriylari xisoblanishadi.
Stol tennisi bo'yicha ham xalqaro toifadagi sport ustalari Saida Burxonxo'jaeva, Nodira Burxonxo'jaeva, Mohinaxon Ezozova, Fotima Yunusova, Rumiya Lutfullina, Zulayxo Yakubovalarga ham xuddi shunday tarif berish mumkin. Ular universitetning faxriy bitiruvchilari hisoblanib, hozirda O'zbekistonda tennis va stol tennisi sport turlarini yanada rivojlantirishga o'z hissalarini qo'shib kelishmoqda.
Badminton bo'yicha esa xalqaro toifadagi sport ustalari SHerzod Zoxidov, Filip Sidaryuk, Zuxraxon Qaxxorova, Sodiqjon Sodiqov, Hasan Qaxxorov, SHirin SHavkatova, Diyora Aripxanova, Aleksandr Kim, Aziz Xamidovlar kafedrada har doim faxr bilan tilga olinadi.
Kafedrada Qobiljon Usmanov boshchiligida ilmiy-pedagogik faoliyatga ham alohida etibor qaratilgan. Bu borada ko'plab ilmiy va uslubiy ishlar, shu jumladan, fanlar bo'yicha darsliklar, o'quv qo'llanmalar nashr etilgan. Kafedra professor o'qituvchilari tomonidan 2014 yilda “Tennis. Biblioteka trenera” (2011) kitobi, “Yosh tennischilarni tayyorlash texnologiyasi” nomli o'quv qo'llanma chop etilgan. 2017 yilda kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan sportchilar, murabbiylar, oliy va maxsus jismoniy tarbiya o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan “Tennis” o'quv-uslubiy qo'llanma, “Tennis nazariyasi va uslubiyati” nomli darslik, “Sport pedagogik mahoratini oshirish (tennis)” o'quv qo'llanma, “Stol tennisi”, “Badminton” o'quv-uslubiy qo'llanmalar nashr qilingan.
Kafedrada shuningdek, hamkorlik aloqalariyam yaxshi yo'lga qo'yilgan. Sport federaciyalari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, bolalar-o'smirlar sport maktablari hamda xalqaro miqyosda Yaponiya Sport va fan universiteti, Xitoy jismoniy tarbiya va sport universiteti, Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti, Rossiya davlat jismoniy madaniyat, sport, yoshlar va turizm universiteti, P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg davlat jismoniy madaniyat, sport va salomatlik universiteti bilan xalqaro hamkorlik o'rnatilgan.
Kafedraning istiqboldagi rejalariga muvofiq, sport turlari bo'yicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni yozish va nashrdan chiqarish (darslik, o'quv qo'llanma o'quv-uslubiy qo'llanma, uslubiy tavsiyanomalar), xorijiy talim muassasalarida bilim olish va malaka oshirish, amaliyot o'tashda kafedra professor-o'qituvchilarning ishtirokini taminlash, universitet professor-o'qituvchilari va talabalar o'rtasida sport turlari bo'yicha sport tadbirlarini tashkil etish, o'quv-mashg'ulot jarayonining o'quv-uslubiy va ilmiy-uslubiy kompleksini ishlab chiqish uchun kafedra professor-o'qituvchilari, olimlar, sport o'yinlari bo'yicha respublika oliy sport mahorati maktabi sport mutaxassislaridan tashkil topgan kompleks ilmiy guruhlarini tuzish va o'tkazishdan iborat.
– Yurtimizda aholi orasida, ayniqsa, yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirishda mazkur sport turlari asosiy omillardan hisoblanadi, – deydi kafedra mudiri Qobiljon Usmanov. – Poytaxtimizda, viloyat va tuman markazlari, hatto respublikaning eng olis hududlarida jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy tennis sport majmualarining barpo etilishi, ko'p sonli xalqaro musobaqalarning tashkil etilishi tennischilarimizga o'z mahoratlarini takomillashtirish, o'zlarini xalqaro sport maydonida namoyon etish hamda bugungi kunda O'zbekistonni jahonning yirik tennis markazlaridan biri deb hisoblash imkonini beradi. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini taminlash, tennis, stol tennisi va badminton bo'yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, sog'lom turmush tarzi asoslarini shakllantirish, aholi o'rtasida, xususan, talaba-yoshlar orasida sog'lom hayot kechirish tamoyillarini singdirish, malakali, dunyo sport maydonida ro'y berayotgan voqea-hodisalarga munosabat bildira oladigan, o'z yurti manfaatini munosib himoya qila oladigan, jismonan va manan barkamol avlodni tarbiyalash universitetimiz, fakultetimiz va kafedramizning ustuvor vazifalari va bosh maqsadi bo'lib qolaveradi. Zero, buning uchun universitetimizda yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar har qachongidan-da alo.
Darhaqiqat, kafedra mudiri Qobiljon Usmanov to'g'ri takidlab o'tdi. Bugun universitetning joylashuvi, keng va shinam o'quv binolari, sport zallari, tashqi sport maydonlari, turfa gullar va ko'kka bo'y cho'zgan dov-daraxtlar bilan burkangan yashillik olami, hatto doimiy esib turadigan mayin shabbodasi kishining havasini uyg'otadi, beixtiyor dilingdagi shukronalik tilingga ko'chib, qayta-qayta havasing oshib borayotganini sezmay ham qolasan!
Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz
Fikrlar