19 avg 08:58
Yangiliklar

P4P reytingi. Jons o'z o'rnida, Top-10da 4 ta o'zgarish!
Top-10 reytingida o'zgarishlar bo'ldi. Yakshanba tongida Stipe Miochichga imkoniyatni boy bergan Daniel Korme ikki pog'onaga pastlab, ayni paytda 7-o'rinni egallab turibdi. Yarim engil vazn chempioni Aleksandr Volkanovski aksincha 6-o'ringa ko'tarilib oldi.
Jastin Getji ikki pog'onaga yuqorilab, 8-o'rinda qayd etilgan bo'lsa, Maks Xollouey 8-pog'onadan 10-o'ringa tushdi. Reytingni hamon kuni kecha chempionlik kamarini vakant qoldirib, og'ir vaznga o'tgan Jon Jons boshqarmoqda. Xabib Nurmagomedov ikkinchi pog'onadan joy olgan.
P4P reytingi. Top-10
1. Jon Jons
2. Xabib Nurmagomedov
3. Stipe Miochich
4. Israel Adesanya
5. Kamaru Usman
6. Aleksandr Volkanovski
7. Daniel Korme
8. Jastin Getji
9. Dastin Pore
10. Maks Xollouey
Fikrlar