22 mar 09:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao mashhur promouteri bilan shartnomani bekor qildi
Filippinlik boks afsonasi Menni Pakyao Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum bilan hamkorlikni to'xtatdi.
Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni endi ishlarini o'zi yuritadi. Bu haqda bokschining advokati Eldibrando Viernesto xabar berdi.
“Men Pakyaoning yangi shartnomasini ko'rdim va aytishim mumkinki, endi uning o'zi ishlarini yuritadi. Bundan buyon Bob Arumning Pakyaoga hech qanday aloqasi bo'lmaydi”, – dedi Viernesto.
Avvalroq Pakyao 20 yilga yaqin hamkorlikda ishlagan murabbiyi Fredi Rouchning xizmatlaridan voz kechgandi. Hozirda filippinlik bokschini keyingi jangga Bub Fernandes, Nona Feri va Rojer Fernandes tayyorlayapti. Menni 24 iyun kuni Malayziyada Lukas Matissega qarshi ringga chiqadi.
Havola :
Fikrlar