06 noy 13:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao Meyvezerga qarshi jang qilmoqchi
WBA yo'nalishida jahon chempioni Menni Pakyao 2019 yilda Floyd Meyvezerga qarshi revansh bo'lishi haqida gapirdi.
"Floyd qaytmoqda va shu sababdan ham revansh ehtimoli oshadi. U dekabrda, men esa yanvarda jang o'tkazamiz. Ushbu bahslardan so'ng biz revanshni muhokama qilish uchun uchrashamiz.
Avvalgi jangda g'alaba shubhali bo'lgandi. Mutloq g'olibni aniqlab olish uchun bizga revansh kerak. U ko'p zarba bermagan va yakunda g'alaba qozongandi", - dedi Pakyao.
Eslatib o'tamiz, Pakyao yanvarda Edrian Bronerga qarshi jang o'tkazadi. Meyvezer esa 31 dekabrda yaponiyalik sportchiga qarshi MMA jangini o'tkazadi.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar