07 may 13:28
Yangiliklar
Pakyao sudda mag'lub bo'ldi, endi u sobiq menejeriga 8 million dollar qarzdor
Paradigm 2021 yilda Kaliforniya sudiga Pakyaoga qarshi fuqarolik davosi bilan murojaat qilib, Mennini kompaniya shartnoma shartlarini buzganlikda ayblagan. Ammo, filippinlik Mayki Garsiyaga qarshi jang qilishdan bosh tortgan. U Premier Boxing Champions va TGB Promotions kompaniyalari bilan 2021 yil avgust oyida Errol Spensga qarshi jang haqida kelishuvlar mavjudligini yashirgan.
Natijada, hakamlar hayati endi bokschidan 8 million dollar undirmoqchi bo'lgan Paradogm Sports uchun ovoz bergan.
Paradigm Sports vakili bo'lgan advokat Judd Bershteynning so'zlariga ko'ra, sud ularning dalillarini tinglagan.
"Uning eng katta muammosi sudga kelgani bo'ldi va hakamlar hayati u yolg'on gapiryapti degan xulosaga keldi", - dedi advokat.
Biroq jarayon hali yakuniga etmagan va Pakyaoning advokatlarida qarshi davo berish imkoniyati bor.
"Sud qarorni iyun oyiga tayinladi. Bungacha hal qilishi kerak bo'lgan masalalar bor" - dedi Pakyaoning vakili.
Fikrlar