29 sen 14:45
Yangiliklar

Pakyao tasirli tarzda muxlislari bilan xayrlashdi
42 yoshli bokschi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali muxlislari bilan xayrlashdi.
"Eng buyuk sportning eng buyuk muxlislariga rahmat. Yorqin lahzalar uchun rahmat.
Bu men qabul qilgan qarorlarning eng qiyinlaridan biri bo'ldi, ammo bunga ko'ndim. Orzularingizga ergashing, qattiq ishlang va nimalar bo'layotganini ko'ring. Hayr, boks", - deb yozdi Pakyao Tvitterdagi sahifasiga.
Eslatib o'tamiz, Pakyao professional faoliyati davomida 62 ta g'alabaga erishgan (39 nokaut), 8 ta jangda mag'lub bo'lgan va 2 marta durang qayd etgan. U tarixda sakkiz vazn toifasida jahon chempioni bo'lgan yagona bokschidir.
Avvalroq, Pakyao Filippin prezidenti bo'lish uchun saylovda qatnashishi haqida xabar qilingandi.
Fikrlar