27 iyu 15:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Pakyao - Turman jangi referisi malum bo'ldi
Nevada shtati Sport komissiyasi Menni Pakyao va Kit Turman o'rtasida o'tkaziladigan chempionlik jangida hakamlik qiladigan referi nomini oshkor qildi.
20 iyul kuniga mo'ljallangan jangda sakkiz vazn toifasida jahon chempioni Menni Pakyao yarim o'rta vaznda WBA chempioni Kit Turmanga qarshi ringga ko'tariladi. CHempionlik jangida taniqli referi Kenni Beyliss ishlaydi. Ring atrofida Tim CHitem, Deyv Moretti va Glenn Feldman ochkolarni hisoblab boradi.
Beylis Pakyao ishtirokidagi hisob bo'yicha 11-jangni boshqaradi. Kenni 2006 yilda Pakyaoning Erik Moralesga qarshi o'tkazgan revansh jangida ilk bor ishlagan edi. Beyliss Kit Turman ishtirokidagi ikkita jangda hakamlik qilgan.
Havola :
Fikrlar