11 mar 14:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao yangi murabbiylari nomini oshkor qildi, ro'yxatda Rouch yo'q!
Avval xabar berganimizdek, 8 vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao 24 iyun kuni o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
Filippinlik afsona shu kuni Malayziyada Lukas Matissega qarshi ringga ko'tariladi. Pakyao bo'lajak jangda unga hamrohlik qiladigan murabbiylar shtabini ham elon qildi. Bu ro'yxatda uning ko'p yillik murabbiyi amerikalik Freddi Rouch yo'q.
Taqdim etilgan press-relizda murabbiylardan “Restituto “Buboy” Fernandes, Nonoy Neri hamda Rojer “Xaplas” Fernandesning ism-shariflari ko'rsatilgan. Pakyao aprel oyining o'rtalarida nomlari zikr etilgan murabbiylar qo'l ostida mashg'ulotlarni boshlaydi.
Etiborga molik jihati shundaki, Pakya amerikalik mashhur murabbiy Freddi Rouch 17 yil davomida muntazam ravishda ishlab kelayotgandi. Ularning hamkorligi 2001 yilning iyun oyida boshlangan edi.
Havola :
Fikrlar