02 mar 10:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyaoning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum qilindi
Filippinlik boks afsonasi navbatdagi jangini iyul oyida o'tkazadi.
Yarim o'rta vazn toifasida WBA chempioni bo'lib turgan Pakyao amerikalik Mayki Garsiyaga qarshi ringga ko'tariladi deb xabar bermoqda The Athletic. Ushbu jangning DAZN striming servisi tomonidan tashkil etilishi aytilyapti.
Tez orada DAZN rasmiylari Garsiyaning promouterlari bilan muzokaralarga kirishadi. Pakyao - Garsiya jangining 11 iyul kuni Saudiya Arabistonida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Mayki Garsiya so'nggi jangida yarim o'rta vazn toifasida Jessi Vargasni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar