10 apr 12:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyaoning RIZIN bilan imzolagan shartnoma shartlari oshkor bo'ldi
Yaponiyaning RIZIN aralash yakkakurashlar ligasi sakkiz vazn toifasida jahon chempioni Menni Pakyao bilan shartnoma imzoladi.
Rasmiy malumotda keltirilishicha, ushbu shartnoma reklama xarakteriga ega va hech qanday jang o'tkazish inobatga olinmagan. Bu malumotni RIZIN promousheni rahbari Nobuyuki Sakakibara o'tkazilgan maxsus matbuot anjumanida tasdiqlagan.
SHartnomaga ko'ra, filippinlik afsona 21 aprel kuni o'tkaziladigan RIZIN shousida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi. Ushbu kechada filippinlik kikbokschi Fric Biagtan o'z jangini o'tkazadi. Uning raqibi Floyd Meyezer bilan jangdan so'ng mashhurlikka erishgan yaponiyalik kikbokschi Tenshin Nasukava bo'ladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar