05 jan 13:18
Yangiliklar
Boks/MMA

"Papaxa" kiyib olgan Spalletti Xabibni rus tilida Yangi yil bilan tabrikladi + FOTO
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi sobiq bosh murabbiyi Luchano Spalletti o'zining "Instagram" sahifasida Yangi yil tabrigi qoldirdi.
Suratda italiyalik mutaxassis Xabib Nurmagomedovga taqlid qilgan holda oq bosh kiyim (papaxa yoki o'zimizning cho'girma) kiyib olgan. Spalletti Yangi yil bilan tabriklar ekan, Xabibga murojaat ham qildi.
"Xabib, kurash ramzi sifatida sening bosh kiyimingdan foydalanishga ruxsat ber", — deya surat ostida rus tilida izoh qoldirgan Luchano.
Malumot uchun, Luchano Spalletti 2009-2014 yillar oralig'ida "Zenit" klubi bosh murabbiyi bo'lgan. SHundan keyin u "Roma" (2016-2017) va "Inter" (2017-2019) jamoalarida ham ishladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar