11 iyu 09:37
Yangiliklar
Paralimpiya
Para dzyudo bo'yicha O'zbekiston kubogiga start berildi
Kecha poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida para dzyudo bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston kubogi bahslari start oldi.
Bellashuvlarda Respublikamizning barcha hududlaridan jami 300 nafarga yaqin atletlar ishtirok etmoqda.
Musobaqaning ilk kunida yosh para dzyudo ustalari ikkita klass toifalarida 20 dan ortiq vazn toifalari bo'yicha g'oliblik uchun bahs olib borishdi.
O'zbekiston kubogi bellashuvlari bugun nihoyasiga etadi.







Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar