15 avg 10:59
Yangiliklar
Parij-2024, Paralimpiya
Para engil atletika va para suzish bo'yicha terma jamoamiz Franciyada mashg'ulotlarga kirishdi
Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o'yinlari boshlanishiga tobora oz fursatlar qolmoqda.
Ayni kunlarda musobaqada ishtirok etuvchi terma jamoalarimiz ham o'zlarining so'nggi tayyorgarlik bosqichini boshlab yuborishgan.
Jumladan, Paralimpiya o'yinlariga eng ko'p lisenziya qo'lga kiritgan para engil atletika va para suzish bo'yicha milliy terma jamoa azolari shu kunlarda Franciya davlatida so'nggi adaptiv mashg'ulotlarni olib borishmoqda. Terma jamoa murabbiylari ham sportchilar iqlimga moslashib olishlari uchun maxsus dastur asosida tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Parij-2024 Paralimpiya o'yinlarining para engil atletika musobaqalari 30 avgustdan 7 sentyabrga qadar, para suzish bahslari esa 29 avgustdan 7 sentyabrga qadar bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar