06 okt 09:53
Yangiliklar

Para engil atletikachilarimiz Jahon chempionatini 12 ta medal bilan yakunlashdi
Dunyoning 109 ta mamlakatidan jami 1400 nafarga yaqin sportchilar bahs olib borgan mazkur nufuzli turnirda O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etib, yakunda hamyurtlarimiz tomonidan 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza, jami 12 ta medal qo'lga kiritildi.
Oltin:
Yoqutxon Xolbekova (T12, uzunlikka sakrash)
Jasur Xo'jaev (F32, yadro uloqtirish)
Karomat Omonova (F46, yadro uloqtirish)
Faxriddin Xamraev (T12, 400 m)
Temurbek Giyazov (T64, balandlikka sakrash).
Kumush:
Kubaro Hakimova (F41, yadro uloqtirish)
SHahina Yigitalieva (F46, nayza uloqtirish)
Yorqinbek Odilov (F57, nayza uloqtirish)
Bobur Omonov (F41, yadro uloqtirish)
Madina Muxtorova (F40, yadro uloqtirish)
Bronza:
Tolibboy Yo'ldoshev (F37, yadro uloqtirish)
Navro'za Axmatova (F41, disk uloqtirish).
Jamoamiz Nyu-Deli-2025 Jahon chempionatini umumjamoa hisobida medallar jamg'arish reytingida 14-o'rinda yakunladi.
Fikrlar