23 sen 22:22
Yangiliklar
Dzyudo
Paradzyudochilarimiz ilk kunda uchta medal qo'lga kiritishdi
Bugun “Humo arena”da para-dzyudo bo'yicha Gran-pri musobaqaning birinchi kun bellashuvlari o'z yakuniga etdi.
Mazkur kunning kechki dasturida terma jamoamizning 3 nafari finalda, yana 2 ishtirokchimiz esa bronza medali uchun kurashish bosqichida tatamiga chiqdi.
Murosasiz kechgan bahslar yakuni bo'yicha vakillarimiz 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan birinchi kunni yakunlashdi. Jamoamizdan Uchqun Quranboev (-66 kg) hamda Parvina Samandarova (-57 kg) shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan bo'lsa, Rio Paralimpiadasi qahramonlaridan biri SHerzod Namozov (-60 kg) hal qiluvchi bahsda imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHu tariqa vakillarimiz kelasi yili Tokioda o'lib o'tadigan Paralimpiya o'yinlariga o'ta muhim va qimmatli reyting ochkolarini ham o'z hisoblariga yozib qo'yishmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar