29 avg 10:41
Yangiliklar
Paralimpiya-2020. Ikki dzyudochimiz bronza uchun kurashadi
Para dzyudo bahslarida ikki nafar hamyurtimiz birozdan so'ng bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo'ldi.
-100 kg vazn toifasida hamyurtimiz SHarif Halilov bronza medali uchun o'tish bahsida yaponiyalik Yoshikazu Matsumotoga qarshi tatamiga chiqdi. Hamyurtimiz mezbon sportchiga hech qanday imkon qoldirmadi va ippon bahosi evaziga 10:0 hisobida g'alaba qozondi. Endi SHarif Halilov bronza medali uchun braziliyalik Tenerio da Silvaga qarshi bahs olib boradi.
+100 kg vazn toifasida hamyurtimiz SHirin SHaripov yarim finalda gruziyalik Revaz CHikoidzega qarshi tatamiga chiqdi. Afsuski, “Oltin ochkolar”ga qadar davom etgan kurashda SHaripov hakamlar tomonidan 3 marta ogohlantirildi va shuning evaziga mag'lub bo'ldi. Endi SHirin SHaripov bronza medali uchun tatamiga chiqadi.
Fikrlar