So’nggi yangiliklar

17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0

23 iyu 17:57
Yangiliklar

Tadbirlar

Paralimpiya associaciyasi dolzarb masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

Teglar :  ParalimpiyaKarantin
O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasi tomonidan xodimlar va trenerlarning masofaviy ish faoliyatini to'g'ri tashkillashtirish hamda uni nazorat qilish bo'yicha navbatdagi onlayn videokonferenciya tashkil etildi.

Unda associaciya xodimlari, shifokorlar va trenerlar ishtirok etishdi.

Yig'ilishni associaciya raisi Muxtorxon Tashxodjaev kirish so'zi bilan ochib berdi. So'ngra, uni Paralimpiya associaciyasi raisi o'rinbosari SHaripjan Mominjanov olib bordi. Kun tartibiga qo'yilgan asosiy masalalar sportchilarning onlayn mashg'ulotlarini ko'ngildagidek tashkil etish va buning uchun ularga zarur sharoitlar yaratib berish, hozirgi pandemiya sharoitida sportchilarning tibbiy holatini muntazam kuzatib borish va bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirishdan iborat bo'ldi. SHuningdek, yig'ilishda masofadan turib faoliyat olib borayotgan har bir xodimning ishini nazoratga olish, shuningdek, Paralimpiya associaciyada tashkil etilgan trenerler kengashi va har bir sport turlari bo'yicha tuzilgan trenerlar kengashining faoliyatini to'g'ri yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

Takidlash kerakki, Paralimpiya associaciyasida kasaba uyushmasi faoliyati yana qayta tiklandi va uyushma azolari qaytadan saylangani etirof etildi.

Bundan tashqari, associaciya matbuot xizmatiga har kuni associaciya sportchilari, trenerlar va shifokorlar ishtirokida turli madaniy-marifiy tadbirlarni onlayn tarzda tashkil etish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazayotganliklarini aks ettiruvchi turli videolavhalar tayyorlash vazifasi topshirildi.

Eng muhimi, associaciya shifokorlaridan karantin davrida koronavirus borasida sportchilar va trenerlar o'rtasida maxsus videokonferenciyalar o'tkazish, bu orqali ularning tibbiy bilimini oshirish kerakligi aytildi va ularga associaciya xodimlari, sportchilar va trenerlarning salomatligini muntazam nazorat qilish hamda bu borada rahbariyatga kunlik axborot topshirish vazifasi ham yuklatildi.

Yig'ilish so'nggida rahbariyat tomonidan tashkilotda faoliyat olib boruvchi barcha xodimlar va mutaxassislarga o'z ishlariga sidqidildan yondashishi lozimligi hamda bu kabi videokonferenciyalar muntazam ravishda tashkil etilishi belgilab berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing