11 iyu 14:09
Yangiliklar
Paralimpiya. Germaniyadagi suzish bo'yicha Jahon seriyasiga kiruvchi musobaqada hamyurtlarimiz 10ta medal qo'lga kiritishdi
Musobaqada 67ta davlatdan 592 nafar sportchi ishtirok etib, ular orasida 5 nafar o'zbekistonlik sportchi sovrinli o'rinlar uchun kuch sinashdi.
Hamyurtlarimiz ushbu nufuzli musobaqada 2ta oltin, 2ta kumush va 6ta bronza, umumiy hisobda 10ta medalni qo'lga kiritishdi. Sportchilarimiz musobaqa davomida 2ta jahon va 7ta Osiyo rekordlarini yangilaganliklarini alohida qayd etib o'tishimiz lozim.
Terma jamoamiz sportchilarining musobaqadagi natijalari:
Islom Aslanov:
50 m. krol - oltin, Osiyo rekordi
100 m krol - oltin, Osiyo rekordi
50 m batterflyay - bronza, Osiyo rekordi
100 m batterflyay - bronza, Osie rekordi
Dmitriy Xorlin:
800 m erkin usulda - kumush, Jahon rekordi
200 m. kompleks - bronza, Osiyo rekordi
Muzaffar Tursunxujaev:
200 m batterflyay - bronza, Osiyo rekordi
50 m krol - bronza
Firdavsbek Musabekov:
50 m brass - kumush, Jahon rekordi
200 m brass - bronza, Osiyo rekordi
O'zbekiston terma jamoasi bugun yurtimizga qaytib keladi.
Fikrlar