So’nggi yangiliklar

13:51Асу Алмабаев UFC’да ноёб ютуққа эришди 0 13:18Усикнинг жамоасида камарларни эгасиз қолдириш қарорини изоҳлади 0 12:39Криштиану Роналду ЖЧ-2026 гуруҳ босқичи якунланганидан сўнг пост қолдирди 0 12:12Жаҳонгир Зокировнинг ғалабали жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:46Самбо. Осиё-Океания чемпионатини медаллар шодаси билан якунладик 0 11:05Зокиров Zuffa Boxing'даги дебютини нокаутли ғалаба билан бошлади 0 10:17Ўзбекистон миллий терма жамоаси ФИФАнинг янгиланган онлайн рейтингида яхшигина пастлади 0 18:42Шара Буллет: "Яқин орада камарни қўлга киритаман" 0 18:30Хабиб Нурмагомедов ЖЧ-2026 плей-офф босқичида ҳайратда қолдириши мумкин бўлган жамоаларни айтди 0 17:58Зубайра Тухугов кейинги жангини UFC'даги собиқ рақибига қарши ўтказади 0 17:19Бизнинг энг нозик нуқтамиз - ...! 0 16:31Рафаэль Физиев BMF камарини кўзламоқда 0 15:45Ҳумоюн Султонов Загреб турнири ғолиби! 0 14:53Жейрон Эннис энди икки вазн тоифасида жаҳон чемпиони 0 14:04Элдор Шомуродовда рекорд! 0

05 dek 18:00
Yangiliklar

Tadbirlar

Paraosiyo o'yinlari g'olib va sovrindorlariga pul mukofotlari topshiriladi

SHu yilning 6-13 oktyabr kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida III Paraosiyo o'yinlari bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada O'zbekiston sportchilari 35 oltin, 24 kumush va 18 bronza, jami 77 ta medalni qo'lga kiritib, Vatanimizning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini yanada yuksaltirishga, xalqimizning qudrati va salohiyatini namoyon etishga munosib hissa qo'shdi. O'zbekiston delegaciyasi musobaqada 54 nafar sportchi bilan ishtirok etib, musobaqa tarixidagi eng yaxshi natijasiga erishgan edi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2018 yil 4 dekabr kuni III Paraosiyo o'yinlarida g'olib va sovrindorlar bo'lgan sportchilarimizni pul mukofotlari bilan taqdirlash to'g'risidagi farmoyishni imzoladi.

Unga ko'ra, Paraosiyo o'yinlari oltin medali sohiblari 5000, kumush medal sovrindorlari 3000, bronza medaliga ega chiqqan sportchilarimiz esa 2000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli bilan birma-bir taqdirlanadilar. Ushbu pul mukofotlari III Paraosiyo o'yinlarida g'olib va sovrindorlarni taqdirlash uchun tashkil etiladigan marosimda o'z egalariga topshiriladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
06 dek 09:16:34
Shahzod Xojayli
Qoil
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing