So’nggi yangiliklar

00:07Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" йирик ҳисобда зафар қучди, Шомуродовда 1+1, Файзуллаев ҳам захирадан тушиб гол урди (ВИДЕО) 0 23:48Баҳодир Жалолов ва Жавоҳир Умматалиевнинг Манчестердаги ғалабали жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 23:21Баҳодир Жалоловнинг Манчестердаги жанги етти раунд давом этди 0 22:17Жавоҳир Умматалиев профессионал боксдаги иккинчи жангини ўтказди 0 19:02Мария Тимофеева Истанбулдаги WTA 125 турнири финалига чиқди 0 18:29Хаби Алонсо янги клуби билан музокаралар ўтказди 0 18:00Тошкентда ўтган илк ACA турнири учун қанча чипта сотилгани маълум бўлди 0 17:33Ёш оғир атлетикачиларимиз жаҳон чемпионатида 4 та медалга сазовор бўлишди 0 16:58Ўзбекистон дзюдо федерацияси ТерДУ билан ҳамкорликни йўлга қўяди 0 16:37Ўтмишга назар. Тошкентда "Пахтакор" ва Ўзбекистон МТЖ билан ўйнаган Нидерландия клуби 0 16:16Баҳодир Жалолов: "Насиб қилса, у билан ҳали бир кун рингда тўқнаш келамиз" 0 15:55Чимаев Стриклендга қарши! UFC 328 турнирига етиб келдик (Барча тафсилотлар) 0 15:34Дзюдочиларимиз Остона “Катта Дубулға” турнирини олтин ва бронза медаллари билан бошлашди 0 15:13Роналдунинг ўғли "Боруссия" ёки "Спортинг"га ўтиши мумкин 0 14:52"Менга катта номлар ва катта пуллар керак". Чимаев Перейра билан жангни хоҳлаяпти 0

20 dek 18:25
Yangiliklar

Tadbirlar

Paraosiyo o'yinlari sovrindorlariga pul mukofotlari topshirildi

Teglar :  Paraosiyo o'yinlari
Xabaringiz bor, shu yilning 6-13 oktyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo o'yinlari bo'lib o'tgandi.

Ushbu musobaqada o'zbekistonlik paralimpiyachilar har qachongidanda muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumiy hisobda 77 ta medal – 35 ta oltin, 24 ta kumush va 18 ta bronza medallarini qo'lga kiritgandilar. Bu orqali O'zbekiston Paraosiyo o'yinlarida medallar sifati bo'yicha ham, soni bo'yicha ham o'z rekordini yangiladi.

Bugun «Olimpiya shon-shuhrati muzeyi»da ana shu o'yinlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan paralimpiyachilarimizni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Paralimpiya Milliy associaciyasi raisi Ulug'bek Mirhaydarov, III Paraosiyo o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning murabbiylari va boshqalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan «III Paraosiyo o'yinlarining g'olib va sovrindorlarini taqdirlash to'g'risida»gi farmoyishiga binoan oltin medal sohiblari 5 000, kumush medalni qo'lga kiritgan sportchilar 3 000, bronza medaliga ega chiqqan paraatletlar esa 2 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishdi. Sovrindor sportchilarning murabbiylari ham farmoyishga asosan (oltin – 2 500, kumush – 1 500, bronza 1000 AQSH dollari) mukofotga sazovor bo'lishdi.

Tadbir davomida shuningdek, engil atletikachi Husniddin Norbekov, suzish bo'yicha terma jamoamiz azosi Fotimaxon Amilova hamda dzyudo bo'yicha murabbiy Hasan Qosimov so'zga chiqib, ko'rsatilgan etibor va g'amxo'rlikdan xursand ekanliklarini, 2020 yilda Tokioda o'tkaziladigan Paralimpiya o'yinlarida Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlab, yurtimiz bayrog'ini yanada yuksaklarga ko'tarishga harakat qilish niyatida ekanliklarini izhor qilishdi.



Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing