So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

29 may 11:05
Yangiliklar

Boks/MMA

Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi prof boksdagi bitta jangdan keyin faoliyatini yakunladi

Teglar :  Delishius Ori
Britaniyalik superog'ir vaznli Delishius Ori (1:0) boksdagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi.

“Ko'p o'ylab ko'rganimdan so'ng, men talim va korporativ dunyoda faoliyatimni davom ettirish uchun qo'lqoplarimni mixga ilib, boksni tark etishga qaror qildim.

Bu sport menga juda ko'p narsalarni berdi — aql bovar qilmaydigan xotiralar, dunyo bo'ylab sayohat qilishda unutilmas tajribalar va dunyoning eng katta sahnalarida o'z mamlakatimni namoyish qilish uchun ko'plab imkoniyatlar. 

Men bu sayohat uchun abadiy minnatdorman. Vaqt o'tishi bilan bir paytlar boksga bo'lgan olov va muhabbatim asta-sekin so'nayotganini anglab etdim. Yoshim ulg'aygani sari, men shaffoflik va halollikni hamma narsadan ustun ko'ra boshladim. Professional bokschi bo'lish mening ishtiyoqimni qaytadan uyg'otadi deb umid qilgandim, lekin haqiqat shundaki, bu sodir bo'lmadi. Har bir jangchi biladiki, cho'qqiga chiqish uchun siz qilayotgan ishingizga chuqur muhabbat qo'yishingiz kerak va busiz oldinga yo'l yo'q. Sportga va o'zimga bo'lgan hurmatim uchun sharaf bilan nafaqaga chiqish vaqti keldi", dedi Ori.

27 yoshli bokschi 2024 yilgi Olimpiya o'yinlarida Buyuk Britaniya terma jamoasi sharafini himoya qilib, musobaqadagi birinchi jangida mag'lub bo'lgandi. Ori shu yil boshida Queensberry Promotions bilan hamkorlikda professional bokschiga aylanib, 5 aprel kuni Manchesterda debyut qilgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing