So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

13 may 15:26
Yangiliklar

Sport kurashlari, Parij-2024

Parij-2024: Sport kurashlarida necha nafar sportchi bilan qatnashamiz?

Teglar :  Sport kurashlari
O'zbekiston Parij Olimpiadasida sport kurashlari bo'yicha 7 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.

Taqqoslash uchun 2021 yili Tokio mezbonlik qilgan Olimpiadada sport kurashlarida 8 nafar sportchimiz ishtirok etgandi. O'shanda erkin kurashda 4 nafar, yunon-rum kurashida 4 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qilgandi. 

Bu safargi Olimpiada uchun licenzion musobaqalarning barchasi o'z yakuniga etdi. Kuni kecha Turkiyaning Istanbul shahrida yakunlangan jahon kvalifikacion turnirida afsuski xech bir  sportchimiz licenziya qo'lga kirita olmadi. 

Bungacha o'tkazilgan licenzion turnirlar - 2023 yilgi jahon chempionati va Osiyo kvalifikacion turnirida vakillarimiz 7 ta yo'llanmani qo'lga kiritib ulgurishgandi. Ushbu natija o'zgarishsiz qoldi.  

Olimpiya o'yinlarida umumiy hisobda 18 ta vazn toifasida medallar jamlanmasi o'ynaladi - erkin kurash (6 ta), yunon-rum kurashi (6 ta) va ayollar kurashi (6 ta). 

Qayd etish lozimki, sport kurashlari Olimpiya o'yinlarida delegaciyamizga muntazam ravishda medal taqdim etuvchi yo'nalish hisoblanadi. 

O'zbekiston Olimpiadalarda sport kurashlarida quyidagi natijalarni qayd etgan: 

1996: - (10 ta licenziya)

2000: Artur Taymazov (kumush) (11 ta licenziya)

2004: Artur Taymazov (oltin), Aleksandr Doktorashvili (oltin), Magomed Ibragimov (kumush) (7 ta licenziya)

2008: Artur Taymazov (oltin), Soslan Tigiev (kumush) (8 ta licenziya)

2012: Artur Taymazov (oltin), Soslan Tigiev (bronza) (8 ta licenziya)

2016: Elmurat Tasmuradov (bronza), Ixtiyor Navro'zov (bronza), Magomed Ibragimov (bronza) (8 ta licenziya).

2021: Bekzod Abdurahmonov (bronza) (8 ta licenziya).

2024: 7 ta licenziya.

Statistikadan ko'rinib turibdiki, bungacha licenziyalar borasidagi eng yomon natija 2004 yilda bo'lgan. Biroq natija borasidagi eng zo'r ko'rsatkichimiz o'shanda amalga oshgan: O'zbekiston sport kurashchilari 7 ta licenziya bilan Olimpiadada qatnashgan va 3 ta medal qo'lga kiritib, musobaqani umumjamoa hisobida 3-o'rinda yakunlagan ekan. 

Yaxshi yangilik ham bor. Bu safar ilk bor ayollar kurashi bo'yicha licenziya qo'lga kiritilgan. Aktenge Keunimjaeva sportimiz tarixida ilk bor ayollar kurashi bo'yicha bahslarda Olimpiadada qatnashadi.

 

Parij olimpiadasida qatnashadigan sportchilarimiz: 

Erkin kurash:

-57 kg: G'ulomjon Abdullaev

-74 kg: Bekzod Abdurahmonov

-86 kg: Javrail SHapiev


Ayollar kurashi:

-50 kg: Aktenga Keunimjaeva


Yunon-rum kurashi: 

-60 kg: Islomjon Bahromov

-77 kg: Aram Vardanyan

-97 kg: Rustam Assakalov.

Licenziyalarimiz kamaygan. Lekin eng yaxshi natijamiz qayd etilgan 2004 yilda ham aynan 7 nafar sportchi bilan Olimpiadada qatnashganmiz. Kurashchilarimiz o'sha yilgi medallar borasidagi natijani ham takrorlay olisharmikin? Sportchilarimizga muxlislik qilgan holda Parij Olimpiadasini kuzatamiz!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing