23 sen 01:01
Yangiliklar
Parij-2024 yozgi Olimpiada o'yinlariga navbatdagi licenziya qo'lga kiritildi
Bugun, musobaqaning sakkizinchi kuni doirasida 77 kg vazn toifasida O'zbekiiston terma jamoasi azosi Aram Vardanyan o'tish bosqichida ishtirok etdi va bronza medali uchun kechgan bahsda yaponiyalik Nao Kusakaga mag'lub bo'ldi.
SHunday bo'lishiga qaramasdan, Aram licenziya uchun kurashish huquqini saqlab qoldi. Unga bu yo'lda qozog'istonlik Demeu Jadraev raqiblik qildi. Quvonarlisi, vakilimiz Aram Vardanyan bu bahsda g'alaba qozondi va Parij-2024 yozgi Olimpiada o'yinlariga licenziya qo'lga kiritdi.
Bu O'zbekiston sportchilari orasida qo'lga kiritilgan uchinchi licenziya bo'ldi, bungacha gimnastikachi Taxmina Ikromova hamda erkin kurashchi Javrail SHapiev to'rt yillikning eng muxim musobaqasi uchun o'z chiptalarini kafolatlagan edi.
Fikrlar