09 fev 10:53
Yangiliklar
Dzyudo
Parij "Katta Dubulg'a". 115 davlat orasida 13-o'rindamiz, hozircha...
Parij "Katta Dubulg'a" turnirining birinchi kungi bahslaridan so'ng medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida Yaponiya terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda.
Dzyudo vatani vakillari kecha 2 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Bittadan oltin va kumush medalni qo'lga kiritgan Janubiy Koreya terma jamoasi ikkinchi, 1 ta oltin va shuncha bronza medaliga ega chiqqan mezbonlar esa kuchli uchlikka yakun yasab turishibdi.
Ukraina, Kosovo va Kanada terma jamoalari ham kechagi bahslarda bittadan oltin medalga ega bo'lishdi. O'nta terma jamoa kamida bitta kumush, o'n uch mamlakat delegaciyalari esa kamida bitta bronza medalini qo'lga kiritib ulgurishdi. Aynan 13-pog'onadan O'zbekiston terma jamoasi joy olgan. Hikmatulloh To'raevning bronza medali 115 davlat jamoalari orasida 13-o'rinni egallab turishimizni taminlagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar